Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja


tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix14.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#74586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizim

tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim. Bu an’anaviy yoki axborot beruvchi 
ta’lim deb ataladi; 

muammoli o‘qitish; 

dasturlashtirilgan ta’lim yoki kompyuterli o‘qitish. 
Bugungi kunda o‘rta asrda keng qo‘llanilgan ta’lim turlari dogmatik va sxolastik o‘qitish 
elementlari ham saqlanib kelinmoqda. 
Tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim turi. Uning asosiy metodi ko‘rgazmalilik 
asosida tushuntirishdan iborat bo‘lib, uning asosini tinglash va eslab qolish tashkil etadi. Bu 
ta’lim turi vaqtni tejash, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning vaqtni tejash, qiyin bilimlarni 
tushunishini osonlashtirish, ta’lim jarayonini optimal boshqarishni ta’minlaydi. Biroq bu ta’lim 
turida ayrim kamchiliklar mavjud, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va ta’lim oluvchilarni 
bilimlarini o‘zlashtirishida mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o‘quv jarayonini 
individuallashtirish va differensiyallashtirish imkoniyatlarining kamligi. 
Muammoli o‘qitishda o‘quv muammolarini hal etish jarayonida bilimlarni mustaqil 
egallash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo‘li 
bilan ta’lim tashkil etiladi. Bundagi ta’lim texnologiyasi turli tumanligi bilan ajralib turmaydi, 
chunki ta’lim oluvchilarni faol ishtirok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat 
bo‘ladi. Ular ketma – ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak. Bunday o‘qitishda 
muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi, chunki mazkur jarayonda fikrlash 
jarayonida qiyinchilik his qilinadi. 
Muammoli o‘qitishda muammoni ilgari surish dastlabki bosqich hisoblanadi. Muammoni 
hal etishning keyingi bosqichida ta’lim oluvchilar berilayotgan savol bo‘yicha mavjud 
muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini 
aniqlaydilar va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar. Uchinchi bosqich muammoni 
yechish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u 
ta’lim oluvchida mustaqil fikr shakllanishi orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal 
etish, olingan natijalarni tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, egallangan bilimlar
malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi. 
Muammoli topshiriqlar savollar, o‘quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo‘lishi 
mumkin. Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda bo‘lishi mumkin. 
Muammoli masala esa uni yechish yo‘llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi 
o‘quv – o‘rganish topshirig‘idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlar o‘rtasidagi qarama – 
qarshiliklar tashkil etadi. 
O‘qish jarayonida muammoli vaziyat sub’ekt (ta’lim oluvchi) o‘zi uchun qiyin bo‘lgan 
masalani yechishga qiziqishi, ammo unga ma’lumotlar yetishmasligi va uning o‘zi ularni izlab 
topishi zarurligini ko‘zda tutiladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin