avtoklavda sterillanadi. Bulьon tayyorlash uchun 1 l suvga pankreatin (yoki me’da
osti bezi) ta’sir ettirilgan 100-200 ml go’sht suvi solib, 5 g NaS1 bilan 0,2 g
Na
2
NRO
4
yoki K
2
NRO
4
qo’shiladi. SHundan keyin suyuqlik qaynatiladi,
reaksiyasi tekshiriladi,
sovitiladi, filьtrlanadi va probirkalarga quyilib, sterillanadi.
Bulьondan tashqari, amaliyotda zich muhit-
go’sht-pepton agari keng
qo’llaniladi. Go’sht-pepton agari toza mikrob kulьturalarini ajratib olish va saqlash
uchun ishlatiladi. Bu muhitni tayyorlamoq uchun go’sht-pepton bulьoniga 2-3 %
agar-agar (dengiz suv o’tlaridan olinadigan mahsulot) qo’shiladi va doim
aralashtirib turib qaynatiladi. Agar-agar suyulgach (suyuqlanish harorati 90-100
0
)
bir qavat paxtada suziladi (filьtrladi)
va probirkalarga, flakonlarga, kolbalarga
quyilib, avtoklavda 120° haroratda 15-20 minut sterillanadi. Probirkalarni
qiyshaytirib yoki tikka qo’yib,
agar sovitiladi, natijada qiyshiq agar va ustun
shaklidagi agar hosil bo’ladi. Agar-agar 42-44° haroratda qotadi, shuning uchun
termostat haroratida bu muhit zich turaveradi. Ba’zan
maxsus maqsadlar uchun
bulьonga agar-agar o’rniga jelatina (10-15%) qushiladi (jelatina hayvonlarning
tog’ay va suyaklarini qaynatish yo’li bilan tayyorlanadi). Jelatina 24-25° haroratda
eriydi va 22° dan past haroratda qotadi. SHuning uchun mikroblarni termostat
haroratida (37°) jelatinada undirib bo’lmaydi.
Sobiq hamdo’stlikdagi institutlarda ishlab chiqarilayotgan quruq oziqli
muhitlar (oddiy va murakkab turlari) so’nggi yillarda keng rasm bo’ldi. Bu
muhitlar afzal,
chunki ishlatishga qulay, standart bo’lib, osongina tayyorlanadi,
uzoq saqlanadi va istagan masofaga yuborilsa bo’laveradi.
Dostları ilə paylaş: