Samarqand qishloq institute


Mikroblarni undirish texnikasi



Yüklə 141,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix17.12.2022
ölçüsü141,07 Kb.
#75889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t

Mikroblarni undirish texnikasi. Tekshirish xususiyatiga va 
manbaning xiliga qarab, mikroblar suyuq yoki qattiq oziqli muhitlarga ekiladi. 
Mikroblarni ekish vaqtida oziqli muhitga havodan yot mikroblarni tushirmaslik 
chorasi ko’riladi. Buning uchun ekish texnikasita to’la-to’kis rioya qilish zarur. 
Mikroblar yoqib qo’yilgan spirt lampasining bevosita yonida turib ekiladi, 
qovuzlaq (bakterial ilmoq), pipetkaning uchlari shu lampaning alangasiga tutib 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


sterillanadi, probirkani ochgan va yopgan vaqtda chetlari alangaga tutiladi, 
shuningdek paxta tiqinlarni probirkalarning og’ziga tiqishdan ilgari ular ham 
alangaga tutib qizdiri6 olinadi. Mikroblar undirilgan probirkalarga havodan yot 
mikroblar tushirmaslik uchun bu probirkalar chap qo’lning bosh barmog’i bilan 
ko’rsatkich barmog’i orasida qiyshaytirib ushlanadi. Probirkalarning og’ziga tiqib 
qo’yilgan paxta tiqinlar o’ng qo’lning nomsiz barmog’i va jimjilog’i bilan 
chiqariladi. Bir tiqin shu barmoqlar orasida, ikkinchi tiqin esa jimjiloq bilan kaft 
orasida ushlab turiladi. Probkalarni chap qo’l barmoqlari bilan (ko’rsatkich 
barmog’i bilai o’rta barmog’i, o’rta barmog’i bilan nomsiz barmog’i o’rtasida) ham 
ushlash mumkin. Manba olishda, shuningdek mikroblarni ekishda chakqon harakat 
qilinadi. 
Mikroblarni suyuq muhitlarga qovuzloq (petlya), Paster pipetkasi yoki 
darajalangan pipetkada ekiladi. Suyuq manbani pipetkalar bilan tomiziladi, quyuq 
manbani esa sterillangan qovuzloqda olib, probirka devoridagi muhit sirtiga biroz 
surtiladi, so’ngra probirkani bir oz qiyshaytirib yoki silqitib olinadi yoki 
qovuzloqni bulьonga botiriladi. Mikroblar ekilib bo’lgach qovuzloqni lampa 
alangasiga 
albatta 
tutib, 
cho’g’ 
holiga 
keltiriladi, 
pipetkalarni 
esa 
dezinfeksiyalovchi eritmalarga botirib qo’yiladi. 

Yüklə 141,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin