4. Anaeroblarni undirish uchun qo’llaniladigan biologik usul shundan
iboratki, kislorodga o’ch aeroblar va anaeroblar zich oziqli muhitga bir vaqtda
ekiladi.
Bunda likobchadagi agarning o’rtasidan steril skalpelь bilan kesilib ikki
pallaga ajratiladi. Likobchaning bir tomonidagi agarga kislorodga o’ch
aerob
(Vast. prodigiosum), ikkinchi tomonidagi agarga esa anaerob ekiladi. Likobchaga
parafin yoki mum quyib, termostatga qo’yiladi. Avval aerob mikroblar o’sadi.
Likobchadagi kislorod tamom bo’lgach anaerob bakteriyalar o’sa boshlaydi.
Odatda suyuq muhitlar anaeroblar ekishdan oldin erigan kislorodni yo’qotish
uchun suv hammomida 30 minut qaynatiladi (muhitlarni regenerasiyalash).
Anaerob bakteriyalarning toza kulьturalarini ajratib olish bir qadar qiyin,
chunki ular bilan bir vaqtda aerob bakteriyalar ham mavjud. Anaerostatlar
bo’lmasa, manbani fiziologik eritmada suyultiriladi va aerob bakteriyalarni yo’q
qilish uchun 80° da 20 minut qizdiriladi. 1-2% go’sht-pepton agarini eritib va 50°
gacha sovutib, probirkalarga ustun qilib quyiladi. YAkkalangan
koloniyalar olish
uchun, manbani tomizgichda bir probirkadan ikkinchisiga ketma-ket ekiladi.
Manbani suyultirish uchun ko’pincha 12 tagacha probirka ishlatiladi. Mikroblar
termostatda 1-2 sutka undirilgach, agarning ichkarisida o’sib chiqqan ayrim
shubhali koloniyalar Kitt-Tarossi muhitlaridan bir nechtasiga (bular
hamma
anaeroblar uchun elektiv muhitdir) olib ekiladi. Bu muhitlar termostatda 1 sutka
turgach anaerob bakteriyalarning kulьturalari o’sib chiqadi. Aerob bakteriyalar
kabi, anaerob bakteriyalar ham morfologik, kulьtural, biokimyoviy xususiyatlariga,
ekzotoksin chiqarishiga va patogenligiga qarab aniqlanadi. Laboratoriyada
anerostat yoki mikroanaerostatlar bo’lsa, anaeroblar ustida
ish olib borish ancha
osonlashadi. Manba Petri likobchalariga quyilgan oziqli muhitlarga ekiladi;
anaeroblarning toza kulьturalarini ajratib olish uslubiyoti aerob bakteriyalarning
toza kulьturalarini ajratib olish uslubiyotiga (yuqorida tasvir etilgan) o’z
bosqichlari jihatdan deyarli o’xshaydi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com