O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Innovatsiyalarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish – innovatsion



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
2.2. Innovatsiyalarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish – innovatsion 
marketingning muhim tarkibiy qismi
 
Innovatsiyalarga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish 
bir qator o‘zaro bog‘liq asosiy echimlarni o‘z ichiga olib, ular uchta ko‘rsatkich bilan 
belgilanadi: 
▪ innovatsiyalarni ishlab chiqish; 
▪ xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish; 
▪ innovatsiyalarning butun hayotiylik davrida xizmatlar taklifini boshqarish 
tizimini o‘rnatish. 
Innovatsiyalarni ishlab chiqishda unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq 
muammolarni: texnik xizmat ko‘rsatishning hisob-kitob qiymatini, modulli 
loyihalashtirishni, avtodiagnostika va masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarini 
integratsiyalashni, mahsulotni kelajakda qayta tiklash imkoniyati va ishonchlilik 
hisob-kitob koeffitsientini maksimal darajada hisobga olish zarur. 
Xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish xizmatlar hajmini aniqlash va aralash 
servisning turli tarkibiy elementlarini muvozanatlashtirish, xizmatlar taklifini 
segmentlash, asbob-uskunalarga qarash bo‘yicha raqobatchi firmalarning xizmatlari, 


29 
shuningdek, barcha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining kutilayotgan darajasini 
aniqlashni o‘z ichiga oladi. 
Xizmatlarning hayotiylik davri davomida boshqaruv tizimi ularga yuklanadigan 
iqtisodiy vazifalarga muvofiq o‘zgarib borishi lozim: bevosita va bilvosita 
rentabellik, to‘lov usullari, texnik xizmat ko‘rsatish sohasida hamkorlik o‘rnatish 
yoki o‘rnatmaslik, xizmatlar funksiyalarining integratsiyasi yoki differensiatsiyasi, 
korxonalar faoliyatini motivatsiyalash. 
Shunday qilib, raqobatbardosh servis strategiyasini puxtalik bilan ifodalash 
iste’molchilarning yangi istaklariga javob beradigan tovar xarakterini belgilab 
beradigan uchta faoliyat turi o‘rtasidagi aloqalarning barchasini hisobga olishni 
taqozo etadi. 
Servis xizmatlari sikli tovar hayotiylik davrining etuklik bosqichida bo‘lgan 
paytda kuchaya boshlaydi, ya’ni yangi tovarning hayotiylik davri va servis xizmatlari 
sikli egri chiziqlari o‘rtasida mos kelmaslik o‘ringa ega bo‘ladi. 
Yangi tovarning hayotiylik davri pasayish bosqichida bo‘lgan paytda xizmatlar 
hayotiylik davri endi-endi tez o‘sish bosqichiga kirayotgan bo‘ladi. SHunday qilib, 
avval korxona bevosita yangi tovarni sotishdan, keyin esa – unga hamrohlik qiluvchi 
xizmatlarni sotishdan foyda oladi. 
Sotuvdan keyingi servisni kafolatli va kafolatdan keyingi turlarga bo‘lish rasmiy 
belgi bo‘yicha amalga oshiriladi: servis ro‘yxatida ko‘zda tutilgan ishlar amalga 
oshiriladi, birinchi holatda «bepul» yoki keyingi holatda pul evaziga. Bu erda 
rasmiylik shunda namoyon bo‘ladiki, kafolatli davrda ishlar, ehtiyot qismlar va 
materiallar qiymati sotuv narxiga yoki boshqa (kafolatdan keyingi) xizmatlar narxida 
kiritiladi. 
Kafolatdan keyingi servis faqat pul to‘lash evaziga bajariladi, uning hajmi va 
narxi esa ushbu servis turiga shartnoma shartlari, preyskurantlar va boshqa shu kabi 
hujjatlar bilan belgilanadi. 
Servisdan maqsad – xaridorlarga xarid qilingan tovardan eng katta foyda olishda 
yordam ko‘rsatishdir. 


30 
Xaridorlarga servis xizmatlari ko‘rsatishning ahamiyati o‘sib borayotganini 
quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin: 
tobora to‘yinib borayotgan tovar bozorlarida raqobatning o‘sishi; 
servis markazlari barpo etilishi va ixtisoslashtirilishi; 
xaridorlarning xarid qilingan tovardan foydalanish jarayonida yuzaga 
keladigan muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lish istagining o‘sishi; 
tovardan foydalanish jarayonining murakkablashuvi. 
Marketing vositasi sifatida asosiy servis funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: 
1.Xaridorlarni jalb qilish. 
2.Yangi tovar sotuvini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish. 
3.Xaridorlarni axborot bilan ta’minlash. 
Servis bu – xaridorga o‘zi uchun optimal xarid varianti va yangi tovar 
iste’molini tanlash, shuningdek, undan oqilona kelishilgan muddat davomida 
iqtisodiy naf bilan foydalanish imkonini beradigan ta’minot tizimidir. 
Agar servis tamoyillari haqida gapiradigan bo‘lsak, bir qator umum e’tirof 
etilgan me’yorlar mavjud bo‘lib, ularga amal qilish xatolarning oldini olishga yordam 
beradi. 
1.Taklifning majburiyligi. Yuqori sifatli tovarlar ishlab chiqaruvchi, lekin ularga 
hamrohlik qiluvchi xizmatlar bilan yaxshi ta’minlamaydigan kompaniyalar global 
miqyosda o‘zlarini noqulay ahvolga solib qo‘yadi. 
2.Foydalanish majburiy emasligi. Firma mijozga servisni zo‘rlab o‘tkazmasligi 
lozim. 
3.Servisning moslashuvchanligi. Firmaning servis tadbirlari paketi juda keng: 
minimal zaruriydan tortib maksimal maqsadga muvofiqqacha bo‘lishi mumkin. 
4.Servisning qulayligi. Servis xaridorni qoniqtiradigan joyda, vaqtda va shaklda 
taqdim etilishi lozim. 
5.Servisning texnik mosligi. Zamonaviy korxonalar mahsulot tayyorlash 
texnologiyasini murakkablashtirib yuboradigan eng yangi texnikalar bilan tobora 
ko‘proq qurollanib bormoqda.


31 
6.Servisning axborot samarasi. Firma rahbariyati servis xizmati tovar 
ekspluatatsiyasi, mijozlarning fikri va baholari, raqobatchilar servisi usullari va h.k. 
haqida berishi mumkin bo‘lgan axborotga quloq solishi lozim. 
7.Servis sohasida oqilona narx siyosati. Servis qo‘shimcha foyda manbasi 
bo‘lishidan ko‘ra ko‘proq firma tovarlarini xarid qilish uchun rag‘batlantirish va 
xaridorlar ishonchini mustahkamlash vositasi bo‘lishi lozim. 
8.Ishlab chiqarishning servisga kafolatli muvofiqligi. Iste’molchiga vijdonan 
munosabatda bo‘ladigan ishlab chiqaruvchi o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini 
servis imkoniyatlari bilan qat’iy solishtirib boradi va hech qachon mijozni «o‘zingga 
o‘zing xizmat ko‘rsat» holatida qoldirmaydi. 
Servisning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi: 
1.Potensial xaridorlarga ushbu korxona mahsulotlarini xarid qilish oldidan 
ularga tushunib etgan holda tanlovni amalga oshirish imkonini beradigan maslahatlar 
berish. 
2.Xaridor personalini (yoki uning o‘zini) xarid qilinayotgan texnikadan eng 
samarali va xavfsiz foydalanishga tayyorlash. 
3.Xaridorning mutaxassislariga o‘z funksiyalarini tegishli tarzda bajarish 
imkonini beradigan zarur texnik hujjatlar etkazib berish. 
4.Potensial xaridorga namoyish vaqtida ishdan chiqib qolish borasida kichik 
ehtimol ham qoldirmaslik uchun mahsulotni sotuvdan oldingi tayyorlash. 
5.Mahsulotni ekspluatatsiya qilinadigan joyga etkazib berish. 
6.Mahsulotni (texnikani) ekspluatatsiya qilinadigan joyda ishchi holatga 
keltirish va uni xaridorga ishchi holatda namoyish etish. 
7.Mahsulotning iste’molchida bo‘ladigan muddat davomida ekspluatatsiya 
qilishga to‘liq tayyorligini ta’minlash. 
8.Ehtiyot qismlarni tezkorlik bilan etkazib berish va buning uchun zarur 
omborlar tarmoqlariga ega bo‘lish, ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar bilan qalin 
aloqada bo‘lish. 


32 
9.Texnikaning iste’molchilar tomonidan qanday ekspluatatsiya qilinayotgani va 
bunda qanday takliflar, mulohaza va shikoyatlar bildirilayotgani haqida axborot 
to‘plash va tizimlashtirish. 
10.Raqbotchilarning servis ishlarini qanday olib borayotgani, ularning 
mijozlarga qanday yangiliklar taklif etayotgani haqida axborot to‘plash va 
tizimlashtirish. 
11.Korxonaning marketing xizmatiga bozorlar, xaridorlar va tovarni tahlil qilish 
va baholashda yordam ko‘rsatish. 
12.Bozorda doimiy mijozlar shakllantirish. 
Shunday qilib, servis mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa sanoat 
mahsulotlarini sotish va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq xizmatlar to‘plamini 
ifodalaydi. Servisning asosiy funksiyalari xaridorni jalb qilish, tovar sotuvini qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish hamda xaridorni axborot bilan ta’minlash hisoblanadi. 
Servisning asosiy tamoyillari qatoriga taklifning majburiyligi, foydalanish majburiy 
emasligi, servis moslashuvchanligi va qulayligi, servisning texnik mosligi, servisning 
axborot ssmarasi, oqilona narx siyosati va servisning ishlab chiqarishga kafolatli 
mosligi kiritiladi. 
Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish sohasida yordam haqida iltimosga tez javob 
berish qobiliyati iste’molchi nuqtai-nazaridan etakchi bo‘lgan samaradorlik mezonini 
ifodalaydi. Ikkinchi mezon detallarni almashtirishga buyurtmalarni bajarish 
samaradorligi hisoblanadi; bunda, tabiiyki, taqsimot tizimining har bir pog‘onasida 
detallarning katta zaxirasi talab etiladi. Favqulodda xarakterli buyurtmalarni bajarish 
qobiliyati og‘ir asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan sanoat tarmoqlarida yoki kuchli 
raqobat sharoitlarida faollikning o‘sishi kuzatiladigan bozorlarda birinchi o‘ringa 
chiqib oladi. 
Asbob-uskunalarni ta’mirlash tezligi va xizmat ko‘rsatish xodimlarining texnik 
bilimdonligi uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda turadi. 
Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish sohasidagi uni rejalashtirish, amalga 
oshirish va tijoratlashtirishdan iborat bo‘lgan siyosat ko‘pincha mahsulot ishlab 
chiqarishning o‘zi kabi e’tiborga loyiqdir. Buning ustiga, xizmatlarni rejalashtirish 


33 
ko‘pichna bu xizmatlar ular bilan bog‘liq bo‘lgan real mahsulotlar ishlab chiqish va 
tayyorlash jarayonida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. Xizmatlar taklifining katta 
ahamiyatga ega ekanligini to‘liq tushunish korxona faoliyati sohasida yangi 
ixtisosliklar vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. 
Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishning an’anaviy shakllarini almashtirishning 
ko‘plab va xilma-xil imkoniyatlari mavjud. Korxonaning strategik yo‘nalganligiga 
qarab, ushbu fenomen sanoat korxonasi unga qarshi kurashishi lozim bo‘lgan jiddiy 
bir xavf yoki undan foydalanish lozim bo‘lgan qulay imkoniyat sifatida ko‘rib 
chiqilishi mumkin. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin