O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Marketingga yangicha qarashlar tizimi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

1.3. Marketingga yangicha qarashlar tizimi 
Giperraqobat strategiya haqidagi eski ta’limot tamoyillariga putur etkazadi va 
strategik menejmentni to‘liq qayta yo‘naltirishni taqozo etadi. Giperraqobat 


21 
sharoitida korxonalar raqobatli ustunliklarga tezda ega bo‘lmoqda va ularni tezda 
yo‘qotmoqda ham. 
Giperraqobat korxonalarning o‘ziga xos marketing strategiyasini ishlab 
chiqishni nazarda tutadi: 
1.Korxonalar, agarda etakchilik pozitsiyalarini saqlab qolishni istasa, mavjud 
raqobatli ustunliklarning faoliyat muddatini qisqartirib, yangi ustunliklar yaratish 
bilan doimiy ravishda shug‘ullanishi lozim; 
2. Strategiya raqobatchilar tomonidan kutilgan bo‘lib chiqmasligi uchun (bu 
giperraqobat sharoitlarida korxonani halokatga olib kelishi mumkin) ular mantiqiy 
oqilona xulq-atvordan chetlashishi lozim. Giperraqobat oldindan aytish mumkin 
bo‘lgan emas, balki kutilmagan qarorlarni talab qiladi; 
3.Firmaning marketing strategiyasi dinamikali, tez yangilanadigan bo‘lishi 
lozim, istalgan uzoq muddatli strategiya korxonaga ziyon keltirishi mumkin; 
4. Giperraqobat sharoitlarida kuchli va kuchsiz tomonlar tahlili potensial 
ravishda korxonani chalg‘itib qo‘yadi, chunki u uzoq muddatli istiqbolga 
yo‘naltiriladi. YAgona foydali va uzoq muddatli kompetensiya shundan iborat 
bo‘lishi kerakki, doimiy ravishda yangi, raqobatchi uchun kutilmagan ustunliklar 
izlab topish va innovatsiyalar uchun mos keluvchi sharoitlar yaratish zarur. 
Oxirgi o‘n yillikda raqobatbardoshlikni tahlil qilish ob’ekti tabiatida jiddiy 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Eng avvalo, barcha ma’lum bo‘lgan firma va uning 
raqobatbardoshligi nazariyalariga asosan tashkil qilingan an’anaviy firmadan farqli 
ravishda «yangi firma» tushunchasi paydo bo‘ldi. An’anaviy firmaning asosiy 
jihatlari quyidagilar: 
• aktiv kapital sig‘imining yuqoriligi - asset-intensive (ishlab chiqarish 
ko‘lamida tejamkorlikka erishish va bozorga yangi kirib borayotgan kompaniyalar 
oldida ustunliklarga ega bo‘lish uchun), ularning moddiy xarakteri; 
• vertikal integratsiya darajasining yuqoriligi hamda ta’minotchi va 
iste’molchilar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat o‘rnatish (oraliq tovarlar bozorining 
rivojlanmaganligi sharoitlarida ham iste’mol qilinadigan, ham ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar etkazib berishning ishonchliligini ta’minlash uchun; 


22 
• ishchi kuchining kompaniya rahbariyatiga bog‘liqlik darajasi yuqoriligi 
(chunki raqobatning etarli emasligi oqibatida ishchi kuchi tor bozori ish joyi bo‘yicha 
to‘plangan mahorat va ko‘nikmalardan foydalanishga qodir bo‘lmay qoladi); 
• kompaniya chegaralari qat’iy belgilangan va uning moddiy aktivlari bilan 
belgilanadi. 
Kapital, kommunikatsiyalar, inson va axborot resurslarining globallashuvi 
jarayonlari ta’siri ostida hozirgi paytda «yangi firma» jihatlari shakllanayotgan 
bo‘lib, uning asosiy tavsifnomalari quyidagilardan iborat: 
• moddiy aktivlar asosiy daromad manbasi bo‘lmay qolmoqda, aktivlarning 
asosiy elementi sifatida inson kapitali ishtirok etmoqda; 
• aktivlar tarkibida nomoddiy elementlar (brendlar, patentlar, strategik bitimlar, 
ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha nou-xau) tobora katta ulushga ega 
bo‘lmoqda; 
• xodimlar, biznes bo‘yicha hamkorlar, boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan 
moslashuvchanroq shartnomalar tuzilmoqda; 
• personalning o‘z mahorat va ko‘nikmalaridan firma doirasidan tashqarida 
kengroq foydalanish imkoniyatlari oqibatida muayyan kompaniyaga bog‘liqlik 
darajasi pastroq. 
Global 
o‘zgarishlar 
sharoitlarida 
mutaxassis-marketologlar 
marketing 
maqsadlari va usullarini qayta ko‘rib chiqishlariga ham to‘g‘ri keladi. Marketingning 
ayrim shaxslar yoki bir guruh shaxslar uning yordamida o‘z ehtiyojlarini iste’mol 
qimmatlari yaratish va ularni ayirboshlash vositasida qondiradigan ijtimoiy va 
boshqaruv jarayoni sifatidagi ta’rifi bir qator vazifalar echimini talab etadi: 
• ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi insonparvarlashuvi; 
• biznesning barcha sohalarida korporativ etikani hisobga olgan holda ishlab 
chiqarish faoliyatining ijtimoiy va ekologik oqibatlariga mas’uliyatli yondashuv; 
• axborot texnologiyalaridan foydalanib, iste’molchilarni kuzatish va o‘rganish, 
yakka tartibdagi xususiyatlar va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tovarlar ishlab 


23 
chiqish va ularni sotish (masalan, «sifat spirali»ga amal qilgan holda tovarlar ishlab 
chiqish, ergonomik omillarni hisobga olish); 
• notijorat tashkilotlari: kasalxona, muzey, maktab, hukumat muassasalari va h.k. 
faoliyatida marketing usullarini qo‘llash (masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish va 
energiyani tejashni rag‘batlantirish uchun jamiyatdamarketing kampaniyalari 
o‘tkazish). 
Shunday qilib, globallashuv jarayoni marketing texnologiyalariga, jumladan
innovatsion marketingga yangicha talablar qo‘yadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin