1.2. Innovatsion rivojlanish muammolari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» PF-
4947-sonli farmoni, 2018 yil 7 martdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga
innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3698-sonli qarori hamda sanoat ishlab chiqarishini
rivojlantirishda innovatsion faollikni kuchaytirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishni
integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur darslik muayyan darajada xizmat
qiladi.
Mamlakatimizda va xorijda fan va texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari
tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotni rivojlanishning innovatsion yo‘liga fan-
texnika sohasini ilmiy tadqiqotlardan tortib ilmiy hajmdor mahsulot ishlab chiqarish
va u bilan jahon bozoriga chiqishgacha bo‘lgan jabhalarda kompleksli isloh qilish
shartlaridagina o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bunday isloh qilishning butun jarayonini
shartli ravishda uchta asosiy elementga ajratish mumkin:
• mamlakat fani jahonda etakchi o‘rinlardan birini egallashi mumkin bo‘lgan
sohalarni kengaytirish imkonini beradigan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish;
18
• tarmoq innovatsion tizimi, jumladan, bilimlarni samarali tijoratlashtirishni
ta’minlaydigan innovatsion infratuzilma yaratish;
• innovatsiyalar asosida sanoatni modernizatsiya qilish.
Bu elementlarning uyg‘unlashgan tarzda rivojlanishini tashkil qilish bo‘yicha
ishlar raqobatli ustunliknlarni amalga oshirish yo‘lidagi to‘siqlarni aniqlash va mos
keluvchi rivojlanish vositalarini tanlashni taqozo etadi.
Innovatsion siyosat doirasida sanoat korxonalarida samarali institutsional va
texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, sanoat kompaniyalarining tadqiqotchilik
yo‘nalishidagi korxona va tashkilotlar bilan integratsiyalashuviga xizmat qilish,
korporativ fan va ishlanmalarning rivojlanishini rag‘batlantirish yo‘li bilan
investitsion risklarni maksimal darajada pasaytirish vazifasi turibdi.
Innovatsion infratuzilma rivojlanishining asosiy tamoyillari quyidagilar
hisoblanadi: milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga moslik; maksimal
moslashuvchanlik, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlik va transparentlik.
Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to‘laqonli
innovatsion infratuzilma (texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-texnologik
markazlar, texnologiyalar transferi markazlari, venchur fondlari, intellektual mulk
birjalari, marketing markazlari, ilmiy-texnik rivojlanish markazlari) yaratish zarur.
Texnik jihozlanishi va kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy-texnik
mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni ichki va tashqi
bozorlarda amalga oshirishni ta’minlay oladigan, innovatsion sohaning amaldagi va
sifat jihatidan yangi sub’ektlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi
zarur.
Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish
quyidagilarga imkon beradi:
• yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-uskunalar,
materiallar va h.k. joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning
o‘sishini ta’minlash;
• innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari
umumiy hajmining 20%igacha etkazish, ya’ni Evropa ko‘rsatkichlariga yaqinlashish;
19
• fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;
• ITTKI va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi sxemalarini joriy
qilish hisobiga innovatsion sohaga qo‘shimcha resurslar jalb qilish;
• zaruriy innovatsion infratuzilma (texnoparklar, innovatsion-texnologik
markazlar, kichik innovatsion-texnologik korxonalar va b.), innovatsion faoliyat
sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratish va rivojlantirish;
• innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga soladigan
qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish;
• innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
tizimlari yaratish;
• innovatsion faoliyat qatnashchilarini axborot bilan qo‘llab-quvvatlash va
innovatsion loyihalarni boshqarish tizimlari yaratish;
• korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali faoliyat
ko‘rsatadigan, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratish;
• yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish;
• mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik
darajasini oshirish;
• ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika mahsulotlarini yanada
siljitish uchun sharoitlar yaratish;
• innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya
ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish.
Raqobatli ustunliklarga erishishning uch xil usuli mavjud:
• mahsulotning o‘ziga xos, noyobligi (yangilik bo‘yicha etakchilik);
• xarajatlar minimal darajasi (narx bo‘yicha etakchilik);
• iste’molchilar doirasining fikrligi eng yaxshiligi (savdo markasi bo‘yicha
etakchilik).
Yangi bozorlar va yangi iste’mol talabi shakllantiradigan, yangiligi, sifati,
iste’mol xislatlari bo‘yicha ajralib turadigan mahsulot izlab topish va chiqarish
20
hayotiy ahamiyatga ega. Buni shu bilan izohlash mumkinki, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqish va o‘zlashtirish muddati, qoidaga ko‘ra, xalq iste’moli tovarlari bilan
solishtirganda uzoqroq bo‘ladi (ba’zida – bir necha baravar), tovarlarni bozorga
chiqarish tajribasi ham katta emas. SHunday qilib, sanoat innovatsiyalari bozorda
muvaffaqiyatga erishish va investitsiyalarning o‘zini oqlashini bashorat qilish uchun
kamida 3-5 yillik zaxiraga ega bo‘lish zarur. Bozorga kechikib chiqish, mohiyatan,
tovarning hayotiylik davrini bozorga kiritish yoki o‘sish bosqichida uzadi va
innovatsiyani umumiy muvaffaqiyatsizlikka uchratadi.
Mahsulot noyobligi uning eksklyuzivligi bilan bog‘lanadi, chunki ehtiyojlarni
chuqurlashtirish va qismlarga ajratish jarayonida aynan u yakka tartibdagi so‘rovlar
va talablarga aniqroq javob beradi.
O‘ziga xos, boshqalardan farqli xususiyatlar va tavsifnomalarga ega bo‘lgan
mahsulotlar izlab topish va baholash bitta muhim cheklovga ega – o‘zining resurslari
yoki jalb qilinadigan resurslarga nisbatan jiddiylik. Bir qator holatlarda yangilik, o‘zi
juda istiqbolli bo‘lsada, biroq yakuniy mahsulot sifatida ayrim zavodlar yoki butun
diskret ishlab chiqarish uchun noprofilli bo‘lishiga qaramay, bir nechta korxona
tomonidan va hattoki chetdan firmalar bilan kooperatsiyalashib, muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi mumkin.
Yana bir jiddiy muammo – mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan
to‘liq yuklanishi, bunda rahbariyat uni raqobatbardosh mahsulot chiqarish bilan
birgalikda olib borishga harakat qiladi. Bitta korxona doirasida bunday vazifani
ishlab chiqaruvchilar bozorining to‘yinganligi va ishlab chiqarishdagi umumiy
pasayish tufayli bajarishning amalda imkoni yo‘q. Agarda innovatsion dasturlar bir
nechta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishtirokini ko‘zda tutadigan bo‘lsa, bu boshqa
gap. Chaparasta buyurtmalar tizimi ishlab chiqarish quvvatlarining ishsiz bekor turib
qolish muammosini qisman bo‘lsada, hal etishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |