O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Глава 8. Практические аспекты модели маркетинга при вхождении на



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Глава 8. Практические аспекты модели маркетинга при вхождении на 
рынок инноваций…………………………………………………… 120 
8.1. Структура модели маркетинга при вхождении на рынок 
инноваций ……………………………………………………………. 120 
8.2. Оценка инновацонного потенциала и инновационной активности. 123 
8.3. Маркетинговые инновации в рамках теории геодонизма…………. 127 
8.4. Управление поведением потребителей во внедрении инноваций... 133 
Вопросы для контроля и обсуждения................................................. 136 
Глава 9. Принятие решений о доставке инновационной продукции 
потребителям………………………………………………………... 137 
9.1. Методы продвижения инновационной продукции.......................... 
137 
9.2. Каналы продвижения инноваций на рынке потребительских 
товаров……………………………………………………………….. 
145 
9.3. Личная коммуникация с потребителями при продвижении 
инноваций…………………………………………………………….. 152 
9.4. Реклама и анализ его эффективности………………………………. 
153 
Вопросы для контроля и обсуждения................................................. 156 
Тесты………………………………………………………………….. 157 
Глосарий …………………………………………………………….. 183 
Список использованной литературы.............................................. 187 
 
 
 


10 
KIRISH 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini sezilarli darajada o‘zgartirishni, ular faoliyatini bozor 
talablariga moslashtirishni talab qilmoqda.
Bozor raqobati sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini 
samarali rivojlanishini ta’minlovchi innovatsion faoliyatni boshqarishga alohida 
e’tibor qaratishni talab qilmoqda. 
Innovatsion faoliyat bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning ilg‘or shakli 
bo‘lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlanishi uchun 
real imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini 
oshirishning muhim omili bo‘lgan innovatsiyalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor 
qaratilmoqda. Raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan turib, raqobatbardosh 
mamlakatni barpo etish, tarmoqni, tovarni yaratish bir muncha mushkuldir.
XXI asrning boshlarida sotuvchi va xaridor (iste’molchi) o‘rtasida uzoq 
muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish raqobatli ustunlikka aylanadi. 
2017 yil 7 fevraldagi davlatimiz rahbarining Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish 
bo‘yicha, “...iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-
bosqich kamaytirish”
1
ni ifodalovchi ustuvor yo‘nalishi raqobat muhitini 
shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Raqobat kurashi sotuvni 
rag‘batlantirish, marketing sohasiga, ya’ni iste’molchi bilan to‘laqonli ishlashga o‘tdi. 
Bunda innovatsion marketingdan samarali foydalanish talab etiladi. 
Innovatsion marketing bu – yangi tovarlar yoki xizmatlar yaratish, kengaytirish 
va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalari majmuidir. 
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон 
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz. 


11 
jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab 
chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli 
ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. 
Bulardan kelib chiqqan holda dunyo bozorlariga chiqishda innovatsion marketing 
texnologiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi. 
Bozor sharoitida innovatsion faoliyatning tubdan farq qiluvchi tomoni, bu 
ishlab chiqaruvchilar ehtiyojlariga emas, balki iste’molchilar ehtiyojlariga 
yo‘naltirilganlik hisoblanadi.
Umumiy 
holda 
ijtimoiy-yo‘naltirilgan 
bozorni, 
maqsadi 
jamiyatning 
ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo‘lgan ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchining o‘zaro munosabatlariga asoslangan ijtimoiy mahsulotni sotish tizimi 
sifatida qarash mumkin. 
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarda yangi 
mahsulotlar va 
texnologiyalarni ishlab chiqish bitta (yoki bir necha) firmalar miqyosiga 
jamlangandir. Innovatsiyalarga yo‘naltirilmagan korxonalarni yangi dinamik muhitga 
kirishida, tabiiyki, ma’lum bir mojarolar yuzaga keladi. Ushbu mojarolar yoki doimo 
tezkor tarzda real sharoitlarga moslashishni, yoki kelgusi o‘zgarishlarni 
prognozlashtirish imkonini beruvchi o‘ziga xos boshqarish mexanizmlarini 
shakllantirish va ularga muqobil bo‘lgan harakat usullarini ya’ni, innovatsiyalarni 
boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Marketing korxonalarga iste’molchilar ehtiyojlarini oldindan ko‘ra bilish va 
iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-sonli “Tovar bozorlarida savdoni 
yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojoantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonida ko‘rsatilishicha, “ulgurji savdoning rivojlanishi, keyinchalik qayta ishlash 
uchun yarim tayyor mahsulotlarni va sanoat mahsulotlarini, “biznes uchun - biznes” 
(V2V) tamoyili bo‘yicha boshqa tovarlarnii etkazib berish tizimi darajasining pastligi 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar transaksiya xarajatlarining oshishiga va ular tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini pasayishiga olib 


12 
kelmoqda ”
2
. YUqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mahsulot ishlab 
chiqaradigan korxonalarda, chakana va ulgurji savdo korxonalarida, xizmat ko‘rsatish 
korxonalarida innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish bu 
faqat korxonada ishni tashkil etish va uni boshqarish emas, balki tovarlar yoki 
xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Yangiliklarni joriy etish iqtisodiy hayotdagi yanada muhim holat bo‘lib 
bormoqda. Hozirgi tez o‘zgaruvchan sharoitda korxonalar texnik o‘zgarishlar bilan 
bir qatorda yoki ilgarida bo‘lishlari va yangiliklarni muvaffaqiyatli tadbiq etishlari 
zarurdir.
Yangiliklarni joriy etish ularni dastlabki baholanishiga asoslanishi lozim. 
Bunday baholashning uslubiy asosini yaratish uchun birinchi navbatda jami 
innovatsion jarayonga ta’sir etuvchi va pirovard natijada u yoki bu innovatsiyalarning 
samaradorligini belgilab beruvchi omillarning majmuasini aniqlash lozim.
Ushbu darslikda innovatsion marketingning mohiyati va mazmuni bo‘yicha
umumlashtirilgan yangi ilmiy-nazariy bilimlar, uslubiy tavsiyalar, innovatsion 
marketingning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari, shakllari
turlari hamda uni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish yo‘llari va usullari, innovatsion 
marketingni rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari aks ettirilgan. 
Darslik “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 
talabalari, magistrlari, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari, 
marketing sohasi bo‘yicha keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin