16
R. A. Fatxutdinov 11.
Innovatsiya – boshqaruv ob’ektini o‘zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy,
ekologik, ilmiy-texnik yoki boshqa turdagi samara olish maqsadida yangilik
kiritishning yakuniy bosqichi
A.B. Titov
12.
Innovatsiya (yangilik kiritish) – muayyan
ijtimoiy ehtiyojlarni
qoniqtiradigan va bir qator (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy, ekologik)
samaralar beradigan, tamomila yangi yoki modifikatsiya qilingan vosita
(yangilik) yaratish va o‘zlashtirish (joriy qilish) yakuniy natijasi
«Innovatsiya» tushunchasi ilmiy atamashunoslikka XX asrning boshlarida kirib
kelgan bo‘lib, dastlab bir madaniyatning ayrim elementlari (urf-odatlar,
hayot
faoliyati usullari, jumladan, ishlab chiqarish) boshqa madaniyatga kirib borishini
anglatgan. Hozirgi paytda innovatsion muammolarga daxldor bo‘lgan turli o‘quv
fanlarida ushbu tushuncha turlicha mazmunda ko‘rib chiqiladi. Masalan, sotsiologiya
ma’naviy ijod jihatiga diqqatni tortadi va innovatsiyani ilmiy va aqliy faoliyat nuqtai
nazaridan ko‘rib chiqadi. Bu mehnat faoliyati motivatsiyasi ham,
xulq-atvor usullari
ham bo‘lib, avvalgilaridan sifat jihatidan farq qiladi. Iqtisodiy toifa sifatida
«innovatsiya» atamasi Y.SHumpeter tomonidan taklif etilgan. O‘zining «Iqtisodiy
rivojlanish nazariyasi» asarida u 1911 yil ilk bora «yangi kombinatsiyalar»,
tadbirkorlik ruhi bilan motivatsiyalangan ishlab chiqarish omillarining o‘zgarishi
masalalarini ko‘rib chiqqan va innovatsion jarayonga to‘liq tavsif va ta’rif bergan.
Y.Shumpeterga ko‘ra, innovatsiya asosiy foyda manbasi hisoblanadi: «foyda,
mohiyatan, yangi kombinatsiyalarni bajarish natijasi hisoblanadi», «rivojlanishsiz
foyda yo‘q, foydasiz rivojlanish yo‘q».
Innovatsiyalarning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) innovatsiyalar mehnat faoliyati intellektuallashuviga xizmat qilib, uning
ilmiy sig‘imini oshirgan holda inson salohiyati yutuqlari,
ilmiy-texnik natijalarni
hayotga tatbiq etish kanali hisoblanadi;
2) innovatsiyalar yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar
doirasi kengaytiriladi, ularning sifati yaxshilanadi, bu esa jamiyat ehtiyojlari va
ularning qoniqqanlik darajasi o‘sishiga xizmat qiladi;
17
3) innovatsiyalar yangi ishlab chiqarish kuchlarini
ishlab chiqarishga jalb
qilish, mahsulot va xizmatlarni kamroq mehnat, energiya va materiallar sarfi bilan
ishlab chiqarish imkonini beradi;
4) u yoki bu sohada innovatsiyalar raqobati takror ishlab chiqarish strukturasini
o‘zgargan ehtiyojlar strukturasi va tashqi muhit strukturasiga muvofiq holga
keltirishga yordam beradi.
Shunday ekan, innovatsiyalar jamiyat rivojlanishi asosiy qonunlarini amalga
oshirishning
zaruriy elementi, uning rivojlanish va dinamiklik sharti hisoblanadi.
Jamiyatda tashkilotlarning rivojlanishi ular faoliyatining barcha jabhalariga daxldor
bo‘ladigan xilma-xil innovatsiyalarni o‘zlashtirish yo‘li bilan ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: