24
2-BOB. INNOVATSION MARKETING - XO‘JALIK YURITUVCHI
SUB’EKTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA SIFATIDA
2.1. Innovatsion marketingni o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistonda sanoat salohiyatini oshirish vazifalarini samarali amalga
oshirishda korxonalarda innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish
muhim ahamiyatga ega. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021
yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yuqori
texnologiyali qayta
ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal
rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish»
4
muhim
vazifalardan biri sifatida
belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi O‘zbekistonda sanoati
korxonalarida
innovatsion
marketing
strategiyalarini
ishlab
chiqish
va
takomillashtirishni taqozo etadi.
Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar
va xizmatlar turlarini sotish
tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va
iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o‘zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qaerdan,
qanday ko‘rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Marketing
konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya’ni maqsadli guruhlar –
strategik
bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor
tadqiqotlari yordamida bir xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, strategik
segmentlarni
aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar tejab qoladi
hamda mavjud va potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko‘proq unumdorlikka
erishadi.
Tanlab
olingan bozor sektorlari
bilan
faol kommunikatsiyalar
iste’molchilarning katta qismi e’tiborini jalb qilishga imkon beradi va ularning
aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana
shu sababdan XXI asrning
boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor etakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR,
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. ПФ-4947-сон, 2017 йил 7 февраль. – Ўзбекистон Республикаси
қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й., 6-сон, 70-модда.
25
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan
bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro‘y berdi.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan
foydalanuvchi kompaniyalar
soni o‘smoqda.
Innovatsion
faoliyat
yo‘nalishlari
eng
avvalo,
ishlab
chiqarishni
takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning
yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari
bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu
mahsulotni laboratoriyada sinab ko‘rishga emas, balki bozorda tekshirib ko‘rishga
ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Yangi mahsulotlar
ishlab chiqish bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar yangi mahsulot
muvaffaqiyatining quyidagi omillarini aniqlab berdi (2.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: