O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Marketingda innovatsiyalarning asosiy bosqichlari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

2.2-rasm. Marketingda innovatsiyalarning asosiy bosqichlari
14
 
Iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida raqobat kurashi u yoki bu davr 
iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga javob beradigan u yoki bu shakllarga ega 
bo‘lib kelgan. XXI asrning boshlarida sotuvchi va xaridor (iste’molchi) o‘rtasida 
uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish raqobatli ustunlikka 
aylanadi. 
Bozordagi marketing tadqiqotlari talab, narx, o‘xshash-tovar, raqobatchilar va 
xaridorlarni tahlil va bashorat qilishni nazarda tutadi hamda tadbirlar ishlab chiqish 
va amalga oshirish bilan bog‘liq tadqiqotchilik faoliyatining barcha turlarini o‘z 
ichiga oladi. Beshta yo‘nalishning barchasi bo‘yicha bozor tadqiqotlari bilan 
shug‘ullanmaganlar bozordan chiqib ketdilar. Raqobat kurashi sotuvni 
rag‘batlantirish, marketing sohasiga, ya’ni iste’molchi bilan to‘laqonli ishlashga o‘tdi. 
Shunday qilib, korxonada zamonaviy logistika marketingini joriy qilish quyidagi 
raqobatli ustunliklarga erishish imkonini beradi: 
▪ zahira va bog‘langan kapital hajmini kamaytirish; 
▪ tovarni etkazib berishga tayyorlikni oshirish; 
▪ buyurtmani bajarish vaqtini kamaytirish va uning sifatini oshirish; 
▪ ishlab chiqarishning moslashuvchanligini oshirish; 
14
Секерин В.Д. Инновационный маркетинг: Учебник.- М.:ИНФРА-М, 2012.стр.66. 
Innovatsion marketing 
Kommunikatsion marketing 
Xolistik marketing 
Xalqaro marketing 
Autsorsing 
Laterial marketing 
Hissiyotlar marketingi 
Empirik marketing 
Internet - marketing 
Merchendayzing 
Brend - marketing 
Joylashtirish
Segmentlash
«4Р» - marketing-miks 
Marketingning narx bilan bog’liq 
tarkibiy qismi 
2011 
2010 
2005 
2000 
1990 
1980 
1970 
1960 
1950 
1940 
1930 
1920 
1910 
1900 
Global marketing 
Eksport marketingi 
Benchmarketing
Ijtimoiy-ahloqiy marketingi 
Logistika marketingi 
O’zaro munosabatlar marketingi 
Tarixiy innovasiyalar nazariyasi 
P.O.S.marketing 
Marketing tadqiqotlari 
Iste’mol xususiyatlarini 
opyimallashtirirsh (yangilik, sifat, 
ishonchlilik, nufuzlilik, dizayn, 
foydalanish qulayligi, sotuvdan keying 
xizmat ko’rsatish shartlari va b.) 


41 
▪ mahsulot tannarxi, transport xarajatlari, qo‘l mehnati xarajatlarini pasaytirish; 
▪ kapital aylanuvchanligini tezlatish; 
▪ korxonaning iqtisodiy oqimlarini optimallashtirish; 
▪ korxona resurslarining barcha turlaridan foydalanishni tashkil qilishni 
ratsionallashtirish; 
▪ iqtisodiy oqimlarni boshqarish jarayonida korxonaning barcha bo‘linmalari 
faoliyatini muvofiqlashtirish. 
AQSH va Yaponiyada qabul qilingan global marketingning asosiy 
konsepsiyalari tajribasidan kelib chiqib, global marketingning quyidagi asosiy 
standartlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
kompaniya talablariga mos keladigan qaytuvchan aloqa usullaridan foydalanib, 
o‘z iste’molchisiniimkon boricha aniq bilish. Faqat iste’molchini diqqat markaziga 
qo‘yib, uni bilgan va bu bilimlardan foydalangan holdagina kompaniya iste’molchi 
undan voz kecha olmaydigan taklifni shakllantirishi mumkin. Tashabbuskor
nafsoniyati kuchli kompaniyalar yuzaga keladigan ehtiyojlarga oddiygina javob 
qaytarishdan ko‘ra o‘zlari ehtiyojni yaratish va qondirishga ko‘proq yo‘naltirilgan 
bo‘ladi; 
eng yangi texnologiyalar (marketingda – autsorsing, merchandayzing, 
benchmarketing, internetmarketing, brendmarketing, munosabatlar marketingi
«yashirin» marketing, «tarixiy innovatsiyalar nazariyasi») va innovatsion 
marketingdan o‘z vaqtida va to‘g‘ri foydalanish; 
zamonaviy marketolog o‘z ishini, ijodkorlikni byurokratiyaga aylantirgan holda 
boshqarish, bashorat va nazorat qilish zarurati sifatida ko‘rib chiqmasligi, balki 
tadbirkorlik ruhi bilan boyitilgan ijodkor bo‘lishi lozim. Oxirgi yillarda marketingdan 
mamlakatlararo darajada foydalanish tendensiyasi tobora aniqroq namoyon 
bo‘lmoqda. Bu holatda foydalaniladigan «megamarketing» atamasi ma’lum bir, 
ko‘pincha boshqa mamlakatlarning tovarlari uchun yopiq bo‘lgan bozorga chiqish 
uchun iqtisodiy, siyosiy va psixologik yondashuvlarni strategik muvofiqlashtirshini 
taqozo etadi. Masalan, «Pepsi-Kola» kompaniya ulkan hind bozoriga chiqish uchun 
Hindistonlik ishbilarmon doiralar bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni tashkillashtirdi. 


42 
Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalar qarshiligini engib o‘tish 
va qonunchilikni o‘zgartirishga quyidagi choralarni amalga oshirish yo‘li bilan 
erishildi. Hindiston hukumatiga mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport 
qilishda ko‘maklashish taklif etildi. Bundan tashqari, «Pepsi-Kola» kompaniyasi o‘z 
mahsulotlarini Hindistonning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududlarida sotish 
orqali ularning iqtisodiyoti rivojlanishiga ko‘maklashishni va’da qildi. Bu va ikkala 
tomon uchun foydali bo‘lgan boshqa takliflar Hindistonning ko‘plab siyosiy, 
hukumat, jamoatchilik va ishbilarmonlik doiralari vakillari orasida o‘z tarafdorlariga 
ega bo‘ldi. 
Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasi bozorlarni qismlarga ajratish 
darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar deyarli har qanday 
ehtiyojni qondiradigan tovarlarni taklif eta boshladilar. Tovarlar va marketing 
tadbirlarining individuallashuvi ro‘y bermoqda, bu esa, mos ravishda, yangi 
tovarlardan qo‘shimcha foyda olishning pasayishiga olib keladi. Zamonaviy raqobat 
strategiyalarining asosini mavjud bozorlardan tashqarida yangi tovarlar yaratishga 
imkon beradigan innovatsiyalar tashkil etmoqda. Bunday sharoitlarda innovatsion 
marketing alohida rol o‘ynamoqda. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin