48
Rasmdan ko‘rinib
turibdiki, 1968 yilda yangi tovar haqidagi 58 ta g‘oyadan
faqat bittasigina tovar ishlab chiqarish va uni bozorga olib chiqishda foydalanildi.
1981 yilda esa yangi tovar to‘g‘risida 7 tagina g‘oya to‘plangan bo‘lib, ulardan faqat
bittasi muvaffaqiyatga erishgan.Foyalarni tanlash jarayoni ikki bosqichdan iborat:
1) g‘oyaning firma talablari va tamoyillariga mos kelishini tekshirish;
2) g‘oyaning bozor sharoitlaridagi imkoniyatlarini tekshirish.
Foyalarni testdan o‘tkazish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llanishi mumkin:
bozor hajmi va salohiyati turlari va kattaligi;
raqobatchilikdagi vaziyat; g‘oyaning
tadqiq etish va tayyorlashda amalgi oshirilishi; g‘oyani
ishlab chiqarish sohasida
amalga oshirish imkoniyati, uning moliyaviy va marketing ta’minoti.
Innovatsiya jarayonining mazkur bosqichida baholash usullari sifatida chek-
varaqlar va baholash shkalasi qo‘llaniladi.
Chek-varaqlar tovar qanday hajmda talab
qilinishi yoki umuman talab qilinmasligini aniqlashga imkon beradi.
Chek-varaq
savollariga javoblar batafsil beriladi, kerak bo‘lsa mos keluvchi tadqiqotlar keltiriladi.
Chek-varaq tovarning innovatsiya jarayoni doirasida tavakkalchiliklarning qanday
turlari mavjud bo‘lishini ko‘rsatadi. Chek-varaqdan
foydalanish yuzaga kelish
ehtimoli yuqori bo‘lgan tavakkalchiliklarning oldini olish imkoniyatlarini oldindan
baholashga ko‘maklashadi.
Baholash me’yori uslubi g‘oyani uning barcha asosiy
omillarining ahamiyatini
chamalab, solishtirib, taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan baholashga imkon beradi.
Muhimlikni o‘lchash uchun 0, +1, +2 va — 1, —2 shkalasidan foydalaniladi. Bu
uslub baholashni jadval shaklida yoki grafik chizma ko‘rinishida
amalga oshirishga
imkon yaratadi. Har bir omilning salmog‘ini miqdoriy baholashdan foydalanish
imkoniyatining yo‘qligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi (3.3-jadval).
Baholash me’yori uslubi tahlil qilinayotgan omillar mazkur g‘oyani
xaridorlar
uchun qiziqish uyg‘otadigan tovarga aylantirishga qay darajada xizmat qilishini
baholashga imkon beradi. Har bir
omil bir qator baholar olib, ulardan har biri
g‘oyaning zarur talablarga qanchalik mos kelishini ko‘rsatadi. Har bir omil bo‘yicha
ballar
summasi aniqlanib, ularning asosida g‘oya ko‘rib chiqilgan omillar bo‘yicha
alohida yoki birgalikda baholanadi.