54
Ishlab chiqaruvchi markasi bu ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan yoki
boshqa ishlab chiqaruvchidan ijaraga olingan markadir. Tovarni markalashtirishda
ishlab chiqaruvchi quyidagilardan foydalanishi mumkin: o‘z mahsulotlarining har bir
turi uchun individual marka nomlari tanlash; barcha mahsulotlar uchun yagona marka
nomi belgilash; mahsulotlarning turli guruhlari uchun alohida marka nomlari berish;
ishlab chiqaruvchi kompaniya nomini alohida mahsulotlar marka nomiga qo‘shib
ishlatish.
Xususiy marka bu savdo (ulgurji yoki chakana) korxonalari
tomonidan ishlab
chiqilgan markalardir. Ba’zida u vositachilar markasi, distribyuterlar markasi yoki
diler markasi deb ham ataladi. Faoliyat sohasiga ko‘ra ular quyidagilarga
taqsimlanadi: individual (aspirin); guruhli (Maggi); firma (Nestle); hududiy (“Stepan
Razin” pivosi); milliy (“Jiguli” avtomobili); xalqaro (Coca-Cola) markalar.
Marka o‘ziga xos shartli belgi bo‘lib, uni tovar yoki xizmat bilan bog‘lash
vositasida iste’molchiga tovarning iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida xabar beradi. U
xaridorlarni mazkur tovarni sotib olishda xuddi avvalgidek sifatga ega bo‘lishlariga
ishontirishga harakat qiladi.
Marka faqat tovar nomi sifatidagina emas, balki uning
bir nechta xususiyatlari
yig‘indisi sifatida kompleks ravishda ko‘rib chiqilishi lozim.
F.Kotler markani tovar tavsifnomasi, foyda, tovarning qimmatliligi, undan
foydalanish madaniyati (uyushqoqlik, tartiblilik,
samaradorlik, yuqori sifat),
tovarning individualligi va foydalanuvchi turini aks ettiruvchi olti pog‘onali simvol
sifatida ta’riflagan. Markaning eng barqaror xususiyatlari (qimmatlilik, madaniyat va
individuallik) uning mohiyatini belgilab beradi.
Marketologning tovar markalarini boshqarishda qabul qilishi lozim bo‘lgan
qarorlar quyidagicha - tovar markasining zarurati haqida, tovar markasini qo‘llab-
quvvatlash haqida, marka strategiyasi haqida, markaning pozitsiyasini o‘zgartirish
haqida bo‘lishi lozim.
Tovar markasini qo‘llashning samarasi yuqori bo‘ladi, chunki undan foydalanish
buyurtmalarning shakllanishi va tovarlarni etkazib berish jarayonini engillashtiradi;
tovarning o‘ziga xos xislatlarini raqobatchilar tomonidan
noqonuniy imitatsiya
55
qilinishidan huquqiy himoyalashni ta’minlaydi; xaridorlarning barqaror kontingentini
jalb qilish imkoniyatini yaratadi; bozor segmentatsiyasini engillashtiradi; korporativ
imidjni kuchaytiradi va yangi markalarni joriy kilishni osonlashtiradi.
Tovar markalari shuningdek, bozor hokimligini
egallab olish va firmaning
moliyaviy pozitsiyalarini mustahkamlash vositasi sifatida ham xizmat qiladi. SHu
sababli markalarni boshqarishning vazifalaridan biri tovar markasini rivojlantirish,
uning hatti-harakatlarini kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi marka
strategiyalari ishlab chiqiladi: tovar qatorini kengaytirish strategiyasi (mavjud
markani yuzaga kelgan tovar nomenklaturasiga tarqatish); tovar markasi
chegaralarini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yangi tovarlarga tarqatish);
ko‘p markalilik strategiyasi (bitta mahsulot liniyasi uchun ikki yoki undan ortiq
markani ishlab chiqish).
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, faqat ba’zi markalargina uzoq vaqt davomida
muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Moliyaviy to‘siqlarning
mavjudligi, shuningdek,
xaridorlarni yangi kiritilgan markaga ko‘niktirish zarurati yangi tovar markasini
tayyorlash va rivojlantirish uchun sarflanuvchi xarajatlarni qoplash uchun doimiy
ravishda mablag‘lar qidirishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: