Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga qanday bosqichlarni oladi?
2. Innovatsiya tavakkalchiligi qanday baholanadi?
3. Yangi tovarni rejalashtirishning qanday vazifalari mavjud?
4. Yangi g‘oyalarni tanlash necha bosqichda amalga oshiriladi?
5. Yangi tovarni rejalashtirishni qanday usullari mavjud?
6. Zararsizlik nuqtasi nima?
7. Bozor faoliyatini baholovchi ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
8. Tovpr markasi nima va uning qanday strategiyalari ishlab chiqiladi?
9.Tovar uchun yangi nom topishda qanday tamoyillarga amal qilish zarur?
10. Sifat strategiyasini ishlab chiqishda nimalar hisobga olinadi?
60
4-BOB. INNOVATSION MAHSULOTLARGA NARXNI SHAKLLANISHI
4.1.Narx shakllanishi va uning bosqichlari
Innovatsion mahsulotlar narxining asosiy funksiyalari bo‘lib hisob funksiyasi,
taqsimot funksiyasi va rag‘batlantirish funksiyasi sanaladi. Narx belgilash – tovarlar
va xizmatlar narxini shakllantirish jarayonidir. Narx shakllantirishning ikkita asosiy
tizimi xarakterlidir: talab va taklif o‘zaro munosabatlari asosida faoliyat
ko‘rsatadigan bozor narx shakllanishi hamda davlat tomonidan markazlashgan narx
shakllantirish – narxlarning davlat organlari tomonidan shakllantirilishi. Bunda
xarajatlar bo‘yicha narx shakllantirish doirasida ishlab chiqarish xarajatlari va
muomala xarajatlari narxni shakllantirishga asos qilib olinadi. Tashqi kontragentlar
bilan hisob-kitoblarda firmalar asosan ikki xil narx turidan – ommaviy va hisob-kitob
narxlaridan foydalanadi.
Narx shakllantirish tizimini shartli ravishda olti bosqichni ajratib ko‘rsatish
mumkin:
❖ narx siyosati maqsadlarini belgilash;
❖ firma tovarlariga talabni aniqlash;
❖ xarajatlarni baholash;
❖ raqobatchilarning tovarlari va narxlarini tahlil qilish;
❖ yakuniy narx hajmini belgilash;
❖ narxlarni davlat tomonidan tartibga solish choralarini hisobga olish.
Narx shakllantirish tizimi qoidaga ko‘ra bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
Birinchi bosqich - narx siyosati maqsadlarini aniqlashda - firmalar «o‘z tovarlarining
narx siyosati yordamida nimalarga erishish maqsadga muvofiq?» degan saovlga
javob berishga harakat qiladi. Odatda bu maqsadlar soni bir nechta bo‘ladi. Ularning
orasida
firmaning
bozorlarda
faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlash, foydani
maksimallashtirish, tovar aylanmasini maksimal darajada kengaytirish, sotuvni
optimal oshirish, qimmat narx belgilash evaziga "qaymog‘ini olish", sifatda
etakchilik alohida ajralib turadi.
61
Narx siyosatining aytib o‘tilgan maqsadlari o‘zaro munosabatda bo‘lib, doim
ham mos kelavermaydi. Ularga erishish, shuningdek, vaqt bo‘yicha ham o‘zaro amal
qiladi.
Ikkinchi bosqich – firma tovarlariga talabni aniqlash. Bu erda gap umuman
bozor sig‘imini emas, balki turli narx darajasida qancha tovar sotish mumkinligini
aniqlash haqida boradi. Taxmin qilinayotgan sotuv hajmining narx darajasiga
bog‘liqligini aniqlay olish kerak, bu erda asosiysi – ushbu tovarning turli narxlariga
talab qanday javob qaytarishini kompleksli tahlil qilish hisoblanadi. Talab qanchalik
ko‘p harakatchan bo‘lsa, tovar sotuvchisi shunchalik qimmatroq narx belgilashi
mumkin.
Narx shakllantirish jarayonining uchinchi bosqichi – xarajatlarni baholash.
Xarajatlarni baholash va ularni pasaytirish yo‘llarini izlash – har qanday tadbirkor
uchun majburiy bo‘lgan mashg‘ulotdir. Xarajatlarni ikki turga – doimiy va
o‘zgaruvchan xarajatlarga ajratish qabul qilingan. Doimiy xarajatlar bu – ularning
hajmi tovar aylanmasidan olinadigan tushum va ishlab chiqarish hajmi odatiy
tebranishlariga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlardir. O‘zgaruvchan xarajatlar esa bevosita
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Bu, asosan, xomashyo xarajatlari
va ish haqi xarajatlaridir. Doimiy xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi
umumiy xarajatlar bo‘lib, narxning quyi chegarasini hosil qiladi.
Raqobatchilarning tovarlari va narxlarini tahlil qilish eng murakkab vazifalardan
biridir. Bozor iqtisodiyotida muayyan bitimlar bo‘yicha narxlar haqida axborot
ko‘pincha ishlab chiqaruvchining tijorat siri hisoblanadi va bunday ma’lumotni olish
juda qiyin bo‘ladi. Raqobatchilarning tovarlari va narxlarini o‘rganish aniq bir
maqsadni – beparvolik narxi, ya’ni bunda xaridorga kimning – firma yoki
raqobatchilar tovarlarini xarid qilishning farqi bo‘lmaydigan narxni topish maqsadini
ko‘zlaydi. Bu narxni aniqlash, uni asos qilib olgan holda nimaning evaziga bunday
«beparvolik»ni bartaraf qilish va aynan sizning firmangizdan tovarlarni xarid
qilishlariga erishishga nima yordam berishini aniqlash mumkin.
Raqobatchilarning tovarlari va narxlarini baholagach, narx shakllantirishning
keyingi bosqichiga – doimiy foydalaniladigan narx belgilash usulini tanlashga o‘tish
62
mumkin. Bozor tomonidan narx shakllantirish amaliyotida eng tarqalgan bunday
usullarning bir nechtasi ma’lum:
❖ xarajatlar usuli;
❖ raqobatchiga ergashish usuli;
❖ xarajatlar-marketing usuli.
Yakuniy narx hajmini belgilash bosqichi xaridorlar bilan muayyan muzokaralar
davomida amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda ikkita asosiy vazifani hal etish:
xaridorlar uchun o‘zining chegirmalar tizimi yaratish hamda chiqarilayotgan
tovarning hayotiylik davri bosqichlari va inflyasiya jarayonlarini hisobga olgan holda
kelajakda narxlarga tuzatish kiritish mexanizmini belgilash lozim. Narx shakllantirish
usullaridan biri tanlab olingach, narxga oid qarorni qabul qilish - muayyan narx
belgilash zarur. Bu erda psixologik ta’sir, turli marketing elementlari ta’siri, narx
siyosatining tayanch maqsadlariga amal qilish, belgilanadigan narxga ehtimoliy
reaksiyasini tahlil qilish kabi bir qator jihatlarni hisobga olish kerak. Psixologik
ta’sirning roli shu bilan belgilanadiki, narx ko‘plab iste’molchilar uchun mahsulot
sifatining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Imidj yaratuvchi narxlar eng
avvalo, xaridorning o‘zini o‘zi anglashiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar uchun
xarakterlidir. Iste’molchi unga o‘ziga xos, noyob va nufuzliroq bo‘lib ko‘rinsa,
qimmatroq mahsulotni ham afzal ko‘rishi mumkin.
Narx shakllantirishning so‘nggi bosqichi – narxlarni davlat tomonidan tartibga
solish choralarini hisobga olishdir. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida narxlar va
ularning dinamikasini davlat tomonidan limitlash yoki tartibga solishning turli
choralari qo‘llanib kelgan, qo‘llanmoqda va kelajakda ham qo‘llaniladi. Firma uchun
narx shakllantirish masalalarini hal etishda davlatning choralari firma faoliyatiga
ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsata olishini albatta baholash kerak. Agarda tovarlarni
chet elda sotish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, ularni sotish rejalashtirilgan
mamlakatlarda tovarlarning patent tizimini baholash haqida ma’lumotlar zarur
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |