63
4.2.Innovatsion mahsulotlar narxi
Innovatsion mahsulot xarajatlari tuzilmasi ko‘pchilik
tovarlar va xizmatlar
xarajatlari strukturasidan farq qiladi. Innovatsion mahsulotning o‘ziga xosligi
shundaki, intellektual mulk xarid qilish xarajatlari mahsulot tayyorlashning yakuniy
bosqichlarida xarajatlar hajmini belgilab bera olmaydi. SHu bilan bir paytda
innovatsion mahsulot qiymati doim ham uni tayyorlash xarajatlari bilan munosabatda
bo‘lavermaydi. Innovatsion mahsulot uni ayirboshlash
munosabatlarini amalga
oshirishda aniqlanadigan quyidagi xususiyatlarga ega: yuqori raqobatbardoshlik va
ilmiy-texnik yangiliklar kiritishga sezuvchanlik; narx shakllantirishning o‘ziga
xosligi; iste’molchilarning barqaror bo‘lmagan talabiga bog‘liqlik.
Innovatsion mahsulotni bozor tomon siljitish ushbu mahsulotga nisbatan o‘ziga
xos narx siyosati yuritini taqozo etadi. Narx siyosatini ko‘rib chiqishda (yangilik-
tovarni bozorga belgilangan narxda chiqarish hajmini rejalashtirishni hosila
ko‘rsatkich
sifatida hisobga olib, umumiy mahsulot chiqarish hajmi va narxni
rejalashtirish esa zarar kelitrmaslikni tahlil qilish bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi)
uning quyidagi asosiy variantlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng tarqalgan usul
ba’zida «soyabonli narx shakllantirish» deb ataladigan narx shakllantirish
hisoblanadi. Bozorga yangi mahsulot chiqarish bo‘yicha
narx siyosatining ikkinchi
varianti to‘lovga layoqatli innovatsion talabni «to‘g‘ri topgan» mustahkam
patent(mahsulotning texnik yangiligini tashkil qiladigan ko‘plab tarkibiy qismlarni
kapital sig‘imi katta bo‘lgan patentlashda) himoyasiga (yoki ularni mos keluvchi nou-
xau bo‘yicha tijorat sirlarini himoya qilishga, bunda
raqobatchilarni nou-xau
vositalaridan chegaralab qo‘yish kuzatiladi) asoslanadigan variant hisoblanadi.
Uchinchi variant bo‘lib innovatsion monopoliya monopol ustama foyda olish uchun
emas, balki xaridorlarni to‘xtatish va shu usulda uning ortiqcha – o‘zining kapitali –
foydaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlaridan yuqori kapitallashtirish
yordamida baholanadigan innovatsion mahsulot doimiy mijozlari ko‘rinishida
firmaning o‘ta qimmatli nomoddiy aktivini shakllantirish maqsadida foydalaniladigar
variant xizmat qiladi.
64
Dinamik narx tizimlarini bunday talqin qilish bilan bozor mexanizmlarining
mashhur bilimdoni Filipp Kotler shug‘ullangan. Innovatsion
tovarga narx belgilash
strategiyasi o‘ziga zosliklarga egadir. Bunda haqiqiy yangilik-tovar va uni
o‘xshatishga harakat qiladigan tovarni farqlay olish lozim. Patent bilan himoya
qilingan, haqiqatda yangi bo‘lgan tovarga narx belgilashda bir nechta strategiya
farqlanadi: "qaymog‘ini olish" strategiyasi (innovatsion
mahsulotni bozorga
chiqarishda standart bozor sharoitlarida optimal foydani ta’minlaydigan narx
darajasiga nisbatan ancha yuqori narx belgilash va kelgusida narxni asta-sekinlik
bilan pasaytirish ko‘zda tutiladi), kirib borish strategiyasi (mahsulot bozorga nisbatan
arzon narxda chiqarilishi, biroq kelgusida kompaniya imkon qadar narxni ko‘tarishga
harakat qilishi ko‘zda tutiladi), bozorga kirish uchun faqat arzon kirish narxlari
strategiyasi (bozorga kirib borish strategiyasining eng chetki varianti va ekstremal
holatlarni ifodalaydi. Ubozorga kirib borish strategiyasidan
foydalanishdagidan ham
arzon boshlang‘ich narx darajasi belgilashni nazarda tutadi).
Yangi tovar-imitatorga narx belgilashda tovar narxi va sifatiga qarab quyidagi
strategiyalar farqlanadi: mukofot ustamalari strategiyasi, bozorga chuqur kirib borish
strategiyasi, oshirilgan narx strategiyasi, o‘rtacha daraja strategiyasi, sifatlilik
strategiyasi, talon-taroj strategiyasi, namunali biznes strategiyasi va h.k.
Korxonalar ko‘pincha ilgari o‘zlashtirilgan mahsulot o‘rnini almashtirmaydigan,
lekin mavjud mahsulotlar parametrik qatorini to‘ldiradigan
yoki kengaytiradigan
mahsulotni loyihalash va o‘zlashtirishga majbur bo‘ladi.
Mahsulot birligiga xarajatlar normativlarini hisobga olgan holda uning iste’mol
xususiyatlari darajasiga qarab, yangi mahsulot narxini tashkil qilishning qator usullari
mavjud. Bunday usullar ekonometrik usullar nomini olgan bo‘lib, ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
❖ solishtirma ko‘rsatkichlar usuli;
❖ regression tahlil usuli;
❖ ball usuli.
Ekonometrik usullarning uchchalasiga ham xos bo‘lgan umumiy kamchilik
narxning faqat tovar xususiyatlariga bog‘liq ekanligi taxmin qilinishi hisoblanadi.
65
Raqobatchi firmalar o‘z tovari narxini uning sifat ko‘rsatkichlari
asosidagina
belgilamasdan, o‘zining narx siyosatiga amal qilgan holda narxni oshirishi yoki
tushirishi mumkinligi hisobga olinmaydi.
Dostları ilə paylaş: