79
oshirish imkonini beradi. Bunda iste’molchilar bilan kommunikatsiyalar nafaqat
pochta orqali, balki zamonaviy kommunikatsiya vositalari – elektron pochta, SMS-
xabarlar, telefon orqali qo‘ng‘iroq bo‘yicha amalga oshirilishi ham mumkin. Bu erda
«nuqtali» marketing usullari ham, iste’molchilarni detalli segmentlash usullari ham
qo‘llanishi mumkin.
Xilma-xil o‘zaro aloqa usullari – anjuman va seminarlarga taklif qilish,
bayramlar (Yangi yil, Hayit, Navro‘z, va h.k.) bilan tabriklash, yangi ishlanmalar
haqida xabardor qilish va h.k. qayta ko‘rib chiqilishi zarur.
Shunday qilib, «nuqtali» marketing usullarini qo‘llash standart jarayonlar bilan
bog‘liq bo‘lmagan ijodiy mehnat talab qiladi. Maqsadli doira haqida axborotlarni
doimiy ravishda to‘plab borish, tahlil qilish va tuzatishlar kiritish va shu asosda
yanada samaraliroq segmentlash usullarini izlab topish zarur.
Dostları ilə paylaş: