71
qaramay, yuqori risk qoidaga ko‘ra, uning yuqori darajada qoplanishi bilan birgalikda
kuzatiladi: innovatsion loyiha joriy qilishdan foyda me’yori boshqa faoliyat turlari
hisobidan olinadigan foyda me’yoridan odatda ancha yuqori bo‘ladi.
Risk tahlili – ob’ekt
xususiyatlari, strukturasi va mavjud risk haqida zarur
axborot olishdir. To‘plangan axborot mos keluvchi to‘g‘ri qarorlar qabul qilish etarli
bo‘lishi lozim. Tahlil risklarni aniqlash va ularni baholashdan iborat bo‘ladi.
Risklarni aniqlashda (sifat tarkibiy qismi) ushbu innovatsion faoliyatga xos bo‘lgan
barcha risklar aniqlanadi. Dastlab risklar
aniqlanadi va baholanadi, so‘ngra ularning
samaradorligini taqqoslashda ularga ta’sir
etadigan usullar aniqlanadi, riskka ta’sir
etish usullari haqida qaror qabul qilinadi va olingan natijalar baholanadi.
Risklarni mantiqiy shkala yoki ballar tizimidan foydalanib baholash mumkin.
Risklarni baholash bo‘yicha ko‘pchilik uslubiyatlar aynan balli tizim bo‘yicha tashkil
etiladi: ekspert risklar guruhidan har biri bo‘yicha yoki alohida guruhdan har bir risk
bo‘yicha belgilangan miqdorda ballar qo‘yadi, so‘ngra risklar o‘lchanadi va loyiha
riskining umumiy bahosi chiqariladi. Ushbu baho asosida
loyihaning risk guruhi
haqida va uni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi.
Loyiha riskining bahosi loyiha bo‘yicha hisob-kitoblarda aks ettirilishi tshart:
loyihaning barcha ko‘rsatkichlari riskni hisobga olgan holda tuzatish kiritib hisoblab
chikilgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: