Innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili Innovatsion mahsulotning bozorga harakatlanishi ushbu mahsulotga nisbatan
o‘ziga xos narx siyosatini ko‘zda tutadi. Narx innovatsion marketing majmuida
markaziy
bo‘g‘in hisoblanadi. Innovatsion korxonaning barcha iqtisodiy
munosabatlari innovatsiyalar narxi orqali tashkil qilinadi. Narx siyosatini ko‘rib
chiqishda uning asosiy variantlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng tarqalgan variant
ba’zida «soyabonli narx shakllanishi» deb ataladigan narx shakllanishi hisoblanadi.
Yangilikni narx bilan bog‘liq siljitishning ushbu varianti mazmuni quyidagidan
iborat:
❖ yangi mahsulot sotuvini o‘zlashtirish vaqtida uni tovarning loyiha tannarxidan
ham pasti bo‘lgan arzon narxda sotish;
72
❖ operatsiyalar talab qilingan rettabelligini ta’minlaydigan yangilikni sotish
narxiga chiqish;
❖ uzoq vaqt davomida reklama bilan qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish
bo‘yicha zaruriy marketing tadbilari majmuini qo‘llagan holda innovatsiyalar narxini
barqaror darajada ushlab turish;
❖ sotuv bozori uchun narxga oid raqobat talablariga javob bergan holda narxni
pasaytirish imkoniyatlari doirasida qolgan holda bozorga ilgari chiqarilgan tovar
narxini pasaytirishni boshlash.
Bozorga chiqariladigan yangi mahsulot bo‘yicha narx siyosatining ikkinchi
varianti innovatsiyalarni qat’iy patent himosiga asoslanadigan variant hisoblanadi. Bu
variantda bozorga dolzarb ehtiyojni qoniqtiradigan yangilikni avvalboshdan
oshirilgan narxda chiqarish va asta-sekinlik bilan narxni pasaytirib borish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Innovatsion mahsulotlar narxining asosiy funksiyalari nimadan iborat?
2.Narxni shakllantirishning qanday tizimi mavjud? 3. Narxni shakllantirishning qanday bosqichlari mavjud?
4.Innovatsion mahsulotlar narxi qanday shakllantiriladi?
5. Innovatsion mahsulot ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishda
aniqlanadigan qanday xususiyatlarga ega?
6.Innovatsion mahsulotga narx shakllantirishning asosiy usullari bo‘lib nimalar
hisoblanadi?
7. Innovatsion mahsulotning o‘ziga xosligi nimada ifodalanadi?
8."Delfi" usuli mazmunini ifodalab bering.
9.Innovatsion risk deganda nimani tushunasiz?