O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

M = Rk, agar n = 2k-1 
M = (Rk + Rk+1)/2, agar n = 2k, 
bu erda k = 1, 2, 3,… 
Innovatsion faoliyat mahsuloti narxini belgilashda mahsulot ishlab chiqishning 
yakuniy bosqichlarida yoki seriyaga kiritishda aniqroq hisob-kitob usullarini qo‘llash 
va batafsilroq axborotdan foydalanish lozim. 
B. Sotuv ob’ekti - ilmiy-texnik ishlanma. Ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini 
(loyiha-konstruktorlik hujjatlari, dasturiy ta’minot, marketing tadqiqotlari natijalari 
va h.k.) sotishda narx shakllantirishda yuqorida sanab o‘tilgan omillardan tashqari 
quyidagilarni ham hisobga olish zarur: 
1) Tirajlashtirish, ya’ni ushbu ishlanmani xarid qilish ularni qiziqtirib qolishi 
mumkin bo‘lgan potensial xaridolar soni. Muayyan buyurtmachi talabiga ko‘ra 
bajarilgan o‘ziga xos innovativ ishlanmalar, qoidaga ko‘ra, tirajlanmaydi yoki 
moslashtirish uchun katta xarajatlar talab qiladi. Nisbatan standart ilmiy-texnik 
mahsulotlar tirajlanishi mumkin, bu faqat moslashtirish xarajatlarini hisobga olgan 
holda alohida buyurtmachi uchun narxni proporsional ravishda kamaytirish imkonini 
beradi. 


70 
2) Muallif imidji va nufuzi. Ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida ushbu ishlanmani 
bajarishi mumkin bo‘lgan ilmiy-tadqiqotchilik tashkilotlari doirasi ko‘pincha 
chegaralangan bo‘ladi. Tashkilotning ushbu sohadagi mashhurligi va tajribasi
ishlarni bajarishga jalb qilingan mutaxassislar darajasi ishlanma qiymatiga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xuddi sanoat tovarlari bozorida bo‘lgani kabi, bu omilni 
ham ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida qoidaga ko‘ra, qayd qilinmaydigan savdo 
markasi mavjudligi omili bilan taqqoslash mumkin. 
3) To‘lov shartlari, hisob-kitoblar shakli. Odatda ilmiy-tadqiqotchilik ishlarini 
bajarish va innovatsion mahsulot yaratish jarayoni uzoq vaqt – bir necha oydan bir 
necha yilgacha talab qiladi. SHu sababli ishlar uchun bosqichma-bosqich haq to‘lash 
hisob-kitoblarning odaity shakli sanaladi. Ishlanmaning yakuniy narxi mablag‘larning 
bosqichlar o‘rtasida qanday taqsimlanishi va mos ravishda, ishlarning bajarilishi 
qanday moliyalashtirilishi, loyihani kreditlash bo‘yicha asosiy xarajatlarni kim o‘z 
zimmasiga olishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar buyurtmachi ijrochini kreditlagan holda 
ishlarni bajarish uchun oldindan haq to‘lashni amalga oshiradigan bo‘lsa, bu holda 
ishlarni bajarish arzonroqqa tushadi. Aks holda, ijrochi ishlanmalarni o‘z mablag‘lari 
hisobiga bajaradigan bo‘lsa, narx ushbu tadqiqotda mablag‘lar ushlanib qolishidan 
yo‘qotilgan miqdorda oshiriladi. Ushbu omilni hisobga olishda inflyasiya darajasi 
katta rol o‘ynaydi. 
4) Maqsadli bozor segmenti, buyurtmachi turi. Mamlakat fani ilmiy-
tadqiqotchilik ishlari umumiy jahon bozoriga to‘liq jalb qilinmagan sharoitlarda 
narxni buyurtmachiga qarab eblgilash imkoniyati mavjud.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin