111
•
korrelyasion-regression tahlil;
• ekspertlar usuli;
• ball usuli;
• juftlab taqqoslash usuli;
• rang korrelyasiya usuli.
Narx va xarajatlarni aniqlash va tahlil qilishning
parametrik usullari barcha
turlari bir xil turdagi mahsulot guruhlari doirasida statistik ma’lumotlarni qayta
ishlashga asoslanadi.
7.4. Bozorlardagi raqobat tahlili va innovatsiyalarni bozorda joylashtirish
Bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun innovatsiyalar raqobatbardoshligini
ta’minlash zarur bo‘lib, bu haqida odatda yangi g‘oyalar izlash bosqichidayoq o‘ylab
chiqiladi. Raqobatbardosh tovar raqobatchilarning tovarlari yoki ushbu kompaniya
tovarlarining bundan oldingi variantlariga nisbatan xaridor (potensial iste’molchi)
so‘rovlarini yuqoriroq darajada qondirishi, ularning xohish-istaklariga ko‘proq javob
berishi lozim. Xaridorlar so‘rovlarining qoniqqanlik
darajasi raqobatbardoshlik
omillariga bog‘liq bo‘ladi, xususan:
• tovarning texnik darajasi va sifatini tavsiflaydigan texnik omillarga;
• texnik-iqtisodiy omillarga (ishonchlilik, energiya sig‘imi, o‘rnatish qulayligi);
• tashkiliy-tijorat omillariga (narx, o‘rnatish muddati, to‘lov shartlari);
• ishlab chiqaruvchining ishbilarmonlik nufuzi va hamkorlarning o‘zaro
munosabatlar xarakteriga.
Ta’kidlash joizki, moslashuvchan ishlab chiqarish sharoitlarida iste’molchilarga
prgoressiv va funksional model taklif eta oladigan kompaniya vaqtinchalik raqobatli
ustunlikka ega bo‘ladi. Ma’lum vaqt o‘tgach, u yo‘qoladi, chunki boshqa
kompaniyalar ham yangiliklarni joriy qiladi. SHunday qilib,
raqobatli ustunlik
innovatsiyalarni tez joriy qilish qobiliyati sanaladi.
Firmaning bozordagi xulq-atvorini tahlil qilish, tovarlar va xizmatlar marketingi
strategik vazifalarini qo‘yish, marketing rejasini ishlab chiqish uchun bozorning
112
raqobat xaritalari tuziladi. Raqobat xaritasi bozordagi kuchlar nisbatini to‘g‘ri
aniqlash, firmaning har bir matritsa yacheykasidagi holati bo‘yicha marketing
vazifalarini aniqlash, mavjud va istiqboldagi
raqobatchilarni aniqlash, raqobat
strategiyasini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Kelajakdagi raqobatli vaziyatni bashorat qilish raqobat muhiti yaqin kelajakda
o‘zgarmas omillar to‘plami bilan shakllantirilishi shartida amalga oshiriladi. Bashorat
qilish bozor tendensiyalari va ko‘rsatkichlarini (bozor dinamikasi,
bozor ulushlari
dinamikasi, raqobat qizg‘inligi, bozor monopollashuvi, raqobat guruhlari o‘zgarishi,
raqobatchilarning bozor raqobat xaritasidagi harakati) ekstrapolyasiya qilish usuliga
asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: