112
raqobat xaritalari tuziladi. Raqobat xaritasi bozordagi kuchlar nisbatini to‘g‘ri
aniqlash, firmaning har bir matritsa yacheykasidagi holati bo‘yicha marketing
vazifalarini aniqlash, mavjud va istiqboldagi raqobatchilarni aniqlash, raqobat
strategiyasini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Kelajakdagi raqobatli vaziyatni bashorat qilish raqobat muhiti yaqin kelajakda
o‘zgarmas omillar to‘plami bilan shakllantirilishi shartida amalga oshiriladi. Bashorat
qilish bozor tendensiyalari va ko‘rsatkichlarini (bozor dinamikasi, bozor ulushlari
dinamikasi, raqobat qizg‘inligi, bozor monopollashuvi, raqobat guruhlari o‘zgarishi,
raqobatchilarning bozor raqobat xaritasidagi harakati) ekstrapolyasiya qilish usuliga
asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: