O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Bozordan oldingi sinab ko‘rish usuli



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Bozordan oldingi sinab ko‘rish usuli. Mahsulot eksperiment tartibida 
chegaralangan bozorga chiqariladi va olingan reaksiya va sotuv hajmi bo‘yicha butun 
bozor reaksiyasi haqida bashorat qilinadi. 
Ssenariy yozish usuli – kelajakda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi va natijada 
bozorning qanday o‘zgarishi haqida matn yoki diagramma ko‘rinishda ssenariy tuzish 
ko‘zda tutiladi. Bir nechta yozilgan ssenariy ekspertlarga ularning har biridan baho 
olish uchun taqdim etiladi. Bu usul shuningdek, ekspertlar bahosi usuli deb ham 
ataladi. 
Bozorni segmentlash innovatsion marketing tizimi funksiyalaridan biri bo‘lib, 
bozorga chiqarilayotgan yoki mavjud tovarlar iste’molchilari yoki xaridorlarini 
tasniflash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq sanaladi.
7.3. Iste’molchi nuqtai-nazaridan innovatsiyalar tahlili
Innovatsion marketingning asosiy vazifalaridan biri har bir muayyan mahsulot 
turiga nisbatan potensial va mavjud iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan 
innovatsion tovar xaridi haqida qaror qabul qilish mezonlarini bilish hisoblanadi. 
U yoki bu sotuv strategiyasini ishlab chiqishdan ko‘ra yangi tovarlar xaridorlari 
uning yordamida o‘z qarorlarini qabul qiladigan jarayonni chuqur va har tomonlama 
aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’molchining xarid haqida qaror qabul 
qilishi to‘rt bosqichdan iborat: yangi tovarga ehtiyojni aniqlashtirish; raqobatchilar 
o‘rtasida tanlov variantlarini baholash; tanlov shubhalarini bartaraf qilish; xaridni 
amalga oshirish. 
Yangi tovarga ehtiyojni aniqlashtirish. Iste’molchilar ilgari umid bildirilgan 
mahsulotlar yoki ularning ta’minotchilariga nisbatan o‘tkir qoniqmaslik hissini seza 
boshlagan paytda ro‘y beradi. Bunday qoniqmaslik iste’molchi tomonidan anglab 
etilganida innovatsion marketing vazifasiga potensial iste’mol tomonidan his 
etiladigan bu qoniqmaslikni aniqlash va uni kuchaytirish aylanadi. Bu qoniqmaslikni 
tanlov asosida sotuvchi-kompaniya tomonidan taklif etilayotgan mahsulot ta’minlashi 


110 
mumkin bo‘lgan foyda yo‘nalishida tahlil qilish zarur. 
Yangi asbob-uskunani xarid qilishga ehtiyoj asosilangan ekanligiga ishonch 
hosil qilgach, xarid haqida qaror qabul qilish uchun javob beradigan tashkilot 
xodimlari ularga, masalan, mos keluvchi tarmoq jurnallarida reklama yoki ularga 
pochta orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlardn kelib tushadigan reklama shaklida 
oladigan, raqobatchi-ta’minotchilardan kelib tushadigan mos keluvchi marketing 
«xabarlari»ni yaxshiroq qabul qila boshlaydilar. (Oddiy sharoitlarda, ya’ni xaridga 
zarurat bo‘lmagan hollarda ular bu xabarlarga e’tibor ham qaratmaydilar) 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin