O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish va qayta joylashtirish



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish va qayta joylashtirish 
Hali innovatsion mahsulot ishlab chiqilmasdan turib, uning kim uchun 
mo‘ljallanishi, u qaysi an’anaviy yoki yangi ehtiyojlarni qondirishi va qaysi 
muammolarni hal eta olishini aniqlab olish zarur. Bunday yo‘naltirishda yangi 
mahsulot (xizmat, texnologiya) ishlab chiqish to‘g‘ri joylashtirish va maqsadli 
bozorda siljitish uchun yaxshi boshlanish hisoblanadi. 
Innovatsiyalarni joylashtirish innovatsiyalar bozorini segmentlash va maqsadli 
segmentlarni tanlashning mantiqiy davomi hisoblanadi. Innovatsiyalarni joylashtirish 
ushbu segment iste’molchilarini mazkur tovar aynan ular uchun maxsus, ularning 
o‘ziga xos ehtiyojlariga moslab yaratilgani va hozirgi paytda ushbu tovar ular uchun 
ideal ekanligiga ishontirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuini (reklama, PR 
va h.k.) ifodalaydi. 
Tovarni muvaffaqiyatli joylashtirish uchun kompaniya maqsadli bozor 
segmentlarida raqobatchilar pozitsiyalarini, ularning tovarlari imidjini diqqat bilan 
o‘rganish zarur. SHundan so‘ng kompaniya joylashtirish haqida mos keluvchi qaror 
qabul qilishi talab etiladi. 
Quyida tovarni joylashtirish bo‘yicha eng tarqalgan yondashuvlar keltirilgan: 
• innovatsion tovarning belgilangan ustunliklari negizidagi yondashuv. Ushbu 
yondashuvni tanlashda tovar haqiqatda shunday ustunliklarga (juda o‘ziga xos 
bo‘lsada, ushbu segment iste’molchilari uchun muhim bo‘lgan) ega bo‘lishi zarur; 


113 
• yangi tovarning ilk xaridorlari bo‘lgan iste’molchilar belgilangan toifasi orqali 
yondashuv; 
• tovarning maxsus (ushbu segment uchun) ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari 
yoki undan ushbu segment foydalanuvchilari uchun dolzarb sanalgan maxsus 
foydalanish imkoniyatlari negizidagi yondashuvv; 
• tovar haqida iste’molchilarda barqaror tasavvurlar shakllantirish yordamidagi 
yondashuv. 
Raqobat sharoitlarida o‘z tovarini mustahkamlashning eng samarali yo‘llarini 
topadigan korxona g‘olib bo‘lib chiqadi. 
Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish qadamlari bozorni tahlil qilish, jalb 
etuvchan maqsadli segmentlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. 
1-qadam. Innovatsion mahsulot bozori chegaralarini aniqlash. 
2-qadam. Ushbu bozorga boshqa o‘zining innovatsion mahsulotini (xizmatini) 
etkazib berishi mumkin bo‘lganlarni aniqlash. Real raqobatchilarni tanlab olish, 
ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganish, raqobatli ustunliklarni (masalan, 
ro‘yxatga olingan patentlar, nashrlar soni va mavzulari) aniqlash zarur. 
3-qadam. 
Innovatsiyalar 
tavsifnomasini 
eng 
muhim 
raqobatchilarning 
mahsulotlari tavsifnomasi bilan taqqoslash. 
4qadam. Innovatsiyalar potensial bozorini segmentlash. 
5-qadam. Statistik usullar yordamida yoki so‘rov va kuzatuvlar vositasida 
xaridorlar salohiyatini baholash. Xaridorlar xulq-atvori va istaklarini aniqlash (xarid 
haqida kim va qanday, qaerda va qachon qaror qabul qiladi). 
6-qadam. Innovatsion mahsulot xaridorlarning istaklariga qanchalik yaqin 
joylashganini aniqlash. 
7-qadam. Innovatsion mahsulotni tijorat nuqtai-nazaridan amalga oshirish 
mumkinligini baholash. 
8-qadam. Marketing strategiyasini tanlash (sotuv miqdori va maqsadli bozor 
bilan ishlash usuli haqida qaror: barcha segmentlar bilan birdaniga ishlash yoki 
ulardan taklif etilayotgan raqobatli ustunlikka eng ko‘proq mos keladigan birontasini 
afzal ko‘rish, maqsadli segmentning xarid qilinayotgan mahsulot noyobligi va 


114 
yangilik darajasiga nisbatan so‘rovlari qanday). 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin