115
mahsulotni ishlab chiqarish va uning marketingi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash
hisoblanadi.
Bozorda nazorat testi o‘tkazish – belgilangan haq to‘lash evaziga mahsulot
sotishning turli usullarini sinab ko‘rishga rozi bo‘lgan maxsus magazinlar panellari
barpo etishdir. Bozorda nazorat testi o‘tkazishni amalga oshiruvchi tashkilot o‘z
rejalariga muvofiq magazinlar soni va geografik joylashuvini belgilaydi,
mahsulotning savdo
zalida joylashtirilishini, narxlarni, mahsulotni siljitishning
tanlangan usullarini nazorat qiladi. Olingan natijalar tahlili ularning talabga ta’sirini
aniqlash imkonini beradi.
Imitatsion bozor testlari o‘tkazish – mahsulotni real sharoitlarni imitatsiya
qiladigan (o‘xshatadigan) sharoitlarda sinab ko‘rish, masalan, tashkilot tanlab olgan
iste’molchilarning ularga ajratilgan pullarga oddiy magazinda yoki ushbu
tashkilotning magazin-laboratoriysida tovarlar xarid qilishidir.
Bozorda ehtiyoj xaridorlar talabiga aylanadi. Talab ehtiyojni muayyanlashtiradi,
uning chegaralarini belgilab beradi. Talab hajmi belgilangan narx va daromad
darajasida ma’lum bir vaqt davomida xaridorlar tomonidan
xarid qilinishi mumkin
bo‘lgan mahsulot va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi.
Innovatsion jarayonlar talabni tartibga solishning eng amaliy shakllaridan biri
hisoblanadi. Firma o‘z oldiga yangi ehtiyoj yaratgan yoki eski ehtiyojni o‘zgartirgan
holda sifat jihatidan yangi tovar chiqarish yo‘li bilan yangi bozor yaratishni maqsad
qilib qo‘yishi mumkin. YAngi tovarning bozorga chiqishi firmaning o‘zi uchun ham,
uning raqobatchilari uchun ham muhim hodisa sanaladi. U katta risk bilan bog‘liq,
chunki yangi tovarning muvaffaqiyati uni etakchilar qatoriga chiqaradi, yangi
tovarning omadsizlikka uchrashi esa uni bozor autsayderlari orasiga tushirib qo‘yishi
mumkin.
Talabni shakllantirish – innovatsion korxonaning potensial xaridorlar tovar,
uning xususiyatlari,
texnik darajasi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, kafolatlari, narxi, xarid
bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar, servis haqida, shuningdek, sotuvchining
ishonchliligi, uning nufuzi va yutuqlari haqida to‘liq xabardorligi
borasida maqsadli
yo‘naltirilgan harakatlaridir.
116
Talabni shakllantirishning asosiy vositasi juda keng usullar va texnik
imkoniyatlarga ega bo‘lgan reklama hisoblanadi. Talabni shakllantirish ayniqsa,
uning iste’mol xususiyatlari haqida xaridorlar axborotga ega bo‘lmagan tovar bilan
bozorga chiqishda yoki korxona ilgari faoliyat ko‘rsatmagan va uning tovarlari
xaridorlarga noma’lum bo‘lgan bozorga chiqishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sanoat innovatsion tovarlariga talabni shakllantirishning asosiy usuli potensial
xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, ilmiy-texnik simpoziumlar,
seminarlar, sinov va namoyishlar o‘tkazishdir.
Iste’mol yo‘nalishidagi tovarlarga
talab reklama tadbirlari, namoyishlar,
ko‘rgazma-sotuvlar o‘tkazish, matbuot, radio va televidenie vositasida jamoatchilik
fikriga ta’sir ko‘rsatish usullaridan keng foydalanish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Bunda ijtimoiy, axloqiy, psixologik, emotsional, estetik va boshqa xususiyatlarni
hisobga oli shart.
Dostları ilə paylaş: