108
Innovatsiyalar bozoridagi marketing tadqiqotlari
muayyan bozor segmentlarida
(belgilangan segment hosil qiluvchi alomatlarga ega bo‘lgan iste’molchilar guruhlari
ichida) mahsulotga mavjud talabni baholash va kelajakdagi talab dinamikasini
bashorat qilishga yo‘naltiriladi.
Bunda ushbu talabning sig‘imini ham, narx bo‘yicha moslashuvchanligini ham
baholash zarur.
SHuningdek, mahsulot uchun maqsadli bo‘lgan bozor segmentidagi
iste’molchilar daromadlari bilan mahsulotga har bir narxda uning ehtimoliy iste’mol
miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash ham maqsadga muvofiq. Bunday baholash
mahsulotning maqsadli iste’molchilari daromadlari o‘zgarishidagi
tendensiyalarni
bashorat qilish asosida mahsulotga talabni bashorat qilish imkonini beradi. Kelgusi
davrdagi ehtimoliy talab hajmi, bozor salohiyati va ko‘lami
haqidagi har qanday
taxminlar bozor bashoratlari deb ataladi va ularni tuzish uchun matematik va
nomatematik modellar foydalaniladi.
G‘arb mamlakatlari iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan talabni o‘lchash va
bashorat qilish matematik modellari iste’molchilarning turli markalar tanlashini
nazarda tutadi. Innovatsion tovar hollarida bunday
modellar ishlab chiqishning
qiyinligi statistika axborotlarining yo‘q ekanligidan iborat. Lekin shunga qaramay,
innovatsion marketing texnologiyalariga e’tibor katta ekanligi tufayli g‘arb
adabiyotlarida «birlamchi» talab hajmini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar paydo bo‘ldi.
Marketologlar har bir omilli belgi – tahlil yo‘nalishi: masalan, yangi
mahsulotning
hayotiylik davri, yangi mahsulotni iste’molchilarga taqsimlash, uni
sotishning rejalashtirilgan kanali va h.k. bo‘yicha tuziladigan maxsus jadvallar
yordamida o‘tkaziladigan talabni strukturali tahlil qilishga murojaat qiladilar. Bunday
jadvallar tezkor boshqaruv qarori qabul qilish vositasi bo‘lib
xizmat qiladi hamda
omillarning talab hajmi va xarakteriga ta’sirini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun
asos sanaladi.
Nomatematik modellar qatoriga quyidagilar kiradi:
Iste’molchilarning mulohazalari bo‘yicha bashorat qilish usuli. Bashorat
iste’molchilarning shunga o‘xshash iste’mol xususiyatlariga
ega tovarni sotib olishi
yoki sotib olmasligi, qachon va qanday miqdorda xarid qilishi haqidagi savollarga
109
bergan javoblarini umumlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: