Agar qanariq K.ning barcha yokdari bir ismli muntazam koʻpburchaklar va barcha koʻpyokli burchaklari teng boʻlsa, bunday K. muntazam K. deyiladi. Hammasi boʻlib beshta muntazam K. mavjud boʻlib, ular tetraedr, kub, oktaedr, dodekaedr (oʻnikkiyoq) va ikosaedr (yigirmayoq)lardir. Dodekaedr va ikosaedr ham xuddi kub va oktaedr singari oʻzaro bogʻliq, yaʼni dodekaedr yoklarining markazi ikosaedr uchlari boʻladi va aksincha. Fazoda besh xil muntazam K. mavjudligi ajoyib faktdir, chunki tekislikda muntazamkoʻpburchaklar soni cheksiz koʻp. Hamma muntazam K. Yunonistonda maʼlum boʻlgan. Yevklidning mashhur "Negizlar"ining 13-kitobi ana shularga bagʻishlangan (qarang Yevklid "Negizlari"). Bu K.ni, koʻpincha, Platon jismlari deb atashadi. Yunonistonning buyuk olimi Platon bu jismlardan toʻrttasini olamning 4 elementiga oʻxshatgan: tetraedr — olov, kub — yer, ikosaedr — suv, oktaedr — havo. Byoshinchi K. — dodekaedrni esa butun olam tuzilishining belgisi, "beshinchi mohiyat" deb atashgan. Muntazam ko’pyoqlarning xajmlari
Fazoviy geometrik shaklga ega bo‘lgan jismlardan biri ko‘pyoqlik bo‘lib, u hamma tomonidan tekis ko‘pburchaklar, ya’ni yoqlar bilan chegaralanadi Uch va undan ortiq tekisliklarning o‘zaro kesishish chizig‘i ko‘pyoqlikning qirrasi deyiladi. Ko‘pyoqlikning ikki qo‘shni qirralari orasidagi tekislikning (AED) qismi esa ko‘pyoqlikning yonlari deyiladi. Bizga ma’lumki, uchta tekislik o‘zaro bitta nuqtada kesishadi. Bitta nuqtada kesishuvchi uchta va undan ortiq sondagi tekisliklar bilan chegaralangan ko‘pyoqlik piramida deyiladi, AB, AC, va AE lar piramidaning yon qirralari, A nuqta piramidaning uchi va Δ BAC, Δ CAD va Δ EAB lar piramidaning yon yoqlari deyiladi. Chizmalarni o‘qishni osonlashtirish