2- маъруза. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, ieee 802 (ieee 802. 3, 802. 11, 802. 15, 802. 16) standartlari



Yüklə 388,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.12.2022
ölçüsü388,32 Kb.
#76818
1   2   3   4   5
2-MARUZA

Global tarmoqlar 
Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan 
kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area 


Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan 
telefon tarmoqlaridan ko‟p xususiyatlarga ega edi. Katta masofalarga yuqori sifatli 
aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global 
tarmoqlarda ko‟pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan 
foydalanilgan. Masalan, ko‟p yillar davomida global tarmoqlar vaqtning har 
momentida faqat bitta analog shakldagi so‟zlashuvchi uzatishga qodir bo‟lgan 
tonal chastota kanallari asosida qurilgan. Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi 
ko‟p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog‟liq bo‟ldi. 60-yillar oxiridan 
telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko‟rinishda uzatish keyinchalik ATS va 
foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o‟nlab va yuzlab so‟zlashuvlarni uzata 
oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo‟lishiga olib kelgan. Birlamchi, 
ya‟ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital 
Hierarchy, PDH), ishlab chiqildi. Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda 
ishlagan. Lekin 80-yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital 
Hierarchy, SDH) paydo bo‟ldi va raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s 
tezlikkacha kengaytirdi, spectral multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave 
Division Multiplexing, DWDM) esa – yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha 
terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko‟rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati 
bo‟yicha ancha keyin yaralgan bo‟lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo‟lgan 
lokal tarmoqlar bilan raqobalasha oladilar.
Lokal tarmoqlar 
Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo‟lmagan hududda, 
odatda 1-2 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy 
olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo‟lgan kommunikatsiya tizimidir.
Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi 
o‟z kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda ishlash qoniqtirmay qoldi, ular 
boshqa bo‟limdagi foydalanuvchilar bilan avtomat rejimda kompyuter 
ma‟lumotlarini almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal 
tarmoqlari vujudga keldi.
Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo‟lmagan dasturiy-apparat 
vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o‟z ma‟lumotni taqdim etish usuli, 
o‟ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi 
modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo‟lsa, shu turdagi 
kompyuterlarni ulashi mumkin bo‟lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM 
360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari 
bilan.
80-yillar o‟rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o‟zgara boshladi. 
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi - 
Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning 
paydo bo‟lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo‟ldi. ShK lokal 
tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma‟lumotlarni saqlash va 
qayta ishlash markazlari, ya‟ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar 
va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi.


90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va 
Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o‟z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal 
texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo‟ldi.
Ma‟lumotlar jo„natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari 
bo„yicha ma‟lumot jo„natishning raqamli platformasida o„tkaziladi. Raqamli 
kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo„lgan 
talablarni o„zgartirdi. Global tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi 
texnologiyalari paydo bo„ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik 
kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo„qotish va uni yo„qotish bilan bog„liq 
barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita 
kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta‟minotga qayta topshirish samaraliroqligi 
tahmin qilinyapti.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi 
katta hissa qo„shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar 
texnologiyalaridan ustun bo‟lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli 
quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda. 
Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global tarmoqlari, 
o„z xizmat to„plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga yetib oldilar. 
Multimediya nomini olgan barcha ma‟lumotlar – surat, videofilm, ovoz va 
boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta hajmdagi ma‟lumotlarni yetkazib 
berish bilan bog„liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni tug„ildi. 
Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma‟lumotlarni jo„natuvchi bo„lib qolgan 
World Wide Web gipertekst ma‟lumot xizmatidir. Lokal va global tarmoqlar 
yaqinlashuvi ko„rinishlaridan biri, lokal va global tarmoqlar orasidagi oraliq 
holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi tarmoqlarning paydo bo„lishi 
hisoblanadi. Shahar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog„i (Metropolitan Area 
NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan. 
MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o„z mijozlariga har xil turdagi 
kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini birlashtirish imkonini 
beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi.
2.2-rasmda lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global 
tarmoqlar (WAN) uchun ishlatiladigan alternativ kirish texnologiyalari orasidagi 
raqobatning asosiy qismlari ko„rsatilgan. 
 
2.2.-rasm. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi 
Kabel tarmoqlari bo„yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi, 
hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda
ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa 
joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta‟minladi. 


3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide 
Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an‟anaviy ovoz 
xizmatlari takliflarini kengaytiradi. Mobil va o„tkazish tarmoqlari konvergensiyasi 
jarayoni, yuqori hisoblash quvvati bo„lgan va o„rtacha narxda Internetga chiqish 
uchun simsiz texnologiyalar to„plamiga ega bo„lgan mobil telefonlar va KPK, 
noutbuk kabi boshlang„ich iste‟molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish 
bilan kuzatildi. Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an‟anaviy telefoniya bilan 
raqobatlasha boshladi. Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an‟anaviy 
telefon aloqasiga raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish 
(WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida
hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar. 

Yüklə 388,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin