Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar


 Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish va



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida

8. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish va
tatbiq etish tartibi
8.1. Malaka talablarining asosiy maqsadi va vazifasi milliy malaka ramkasi, kasb standartlari,
kadrlar buyurtmachilari, ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlaridan
kelib chiqib, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining bilim, uquv, ko‘nikma va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablarni belgilash hisoblanadi.
8.2. Malaka talablari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining har
biri bo‘yicha mazkur davlat standarti, “
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari
va mutaxassisliklari klassifikatori
”, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari,
ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Malaka talablari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
zarvaraqda (titul varag‘i) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
nomi, o‘rta qismida ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik nomi ko‘rsatiladi;
zarvaraq sirtida malaka talablari kim tomonidan ishlab chiqilgani va kiritilganligi,
tasdiqlangani va joriy etilgani hamda hujjat maqomi ko‘rsatiladi.
Mundarijada malaka talablarining asosiy boblari ko‘rsatiladi.
Ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligining umumiy tavsifi bobida malaka talabining qo‘llanish
sohasi, asosiy foydalanuvchilari, kasbiy faoliyatlarining tavsifi, bakalavr yoki magistr kasbiy
faoliyatining sohalari, obyektlari, turlari hamda kasbiy vazifalari keltiriladi;
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrning yoki mutaxassisligi bo‘yicha magistrning kasbiy
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar bobida bakalavriat yoki magistratura bitiruvchisi ega
bo‘lishi zarur bo‘lgan umumiy kompetensiyalar hamda kasbiy kompetensiyalar aniq ko‘rsatiladi.
Bibliografik ma’lumotlar belgilangan tartibda keltiriladi.
Kelishuv varag‘ida malaka talabini ishlab chiqqan tayanch oliy ta’lim muassasasi rektori imzosi
hamda uni kelishuv jarayonidan o‘tkazgan oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar rahbarlarining
imzolari qo‘yiladi.
Malaka talablari:
A-4 formatli standart varaqlarining “kitob ko‘rinishida ikki tarafiga “Times New Roman”
shriftining maqbul o‘lchamida bostirib chiqariladi;
malaka talablari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan
kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda
tayyorlanadi hamda Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy


birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan o‘tkaziladi, shuningdek
ushbu kengash ijobiy xulosasi olingach O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlanadi;
tasdiqlangan malaka talablari belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi, ularning
birinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni
rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida etalon sifatida, ikkinchi
nusxasi tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasida saqlanadi hamda undan nusxalar ko‘chirilib
talabnomalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga tarqatiladi.

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin