Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida

4.1. Bakalavriat
Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, professional ta’lim bilan uzviylik va uzluksizligi ta’minlangan holda, oliy ta’limning davlat
ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv
rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy fanlar) bloki va tanlab
o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki kiradi.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga xos xususiyatlariga
muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda ta’lim
oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni
bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq yakuniy davlat
attestatsiyasi bilan tugallanadi.
O‘quv rejalar va o‘quv dasturlar kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqiladi. Ayrim (zarur)
hollarda o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar reyting (baholash) tizimi asosida ishlab chiqilishi mumkin.
4.1.1. O‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar:
majburiy fanlar bloki fanlarni chuqur o‘zlashtirilishini taqozo etadi va ta’lim oluvchilarning
intellektual salohiyatini boyitish, ta’lim yo‘nalishi va sohaga oid zarur fundamental bilimlar, kasbiy
ko‘nikma, uquv va kompetensiyalarni shakllantirishi, bitiruvchiga tanlangan yo‘nalish va
mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish hamda muayyan magistratura
mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim.
tanlov fanlari bloki bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilar qo‘shimcha chuqur nazariy
va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini
hisobga olgan holda kasbiy kompetensiyalari kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga
muvofiq kasbiy bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon yaratishi lozim.
4.1.2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka amaliyotlariga qo‘yiladigan umumiy talablar.


Ta’lim oluvchilar kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallashi uchun o‘quv rejalar va muayyan
fanlarning o‘quv dasturlarida o‘quv (tanishuv), ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) va bitiruv
oldi malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart.
Amaliyotlar bakalavriat ta’lim jarayonining majburiy qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy
tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malaka amaliyotlari o‘tkaziladi:
o‘quv (tanishuv) amaliyoti — iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, muassasa va korxonalar
bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga
qaratiladi;
ishlab chiqarish amaliyoti — umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni
mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy
ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;
bitiruv oldi amaliyoti — ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida)
kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni
tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va tizimlashtirishga qaratiladi;
pedagogik amaliyot — kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va pedagogik mahoratini
oshirishga qaratiladi.
Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq malaka amaliyotlarining boshqa
turlari ham qo‘llanilishi mumkin.
Har bir amaliyot turi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va real
sektorning tegishli ilg‘or korxona, tashkilot va muassasalari, xorijiy va qo‘shma korxonalar, ilmiy
tashkilotlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa muassasalarida, dala sharoitlarida, maxsus tajriba
(poligon) obyektlarida va boshqalarda o‘tkaziladi.
Amaliyotlarni tashkil qilish, o‘tkazish va talabalarni baholash mezonlarini belgilash oliy ta’lim
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin