35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida
yakuniy davlat attestatsiyasi — bakalavr yoki magistr akademik darajasiga qo‘yiladigan
malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartib asosida (fanlar bo‘yicha davlat
attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan
oliy ta’lim o‘quv reja va o‘quv dasturlarining o‘zlashtirish darajasi hamda sifatini baholash jarayoni;
o‘qitish sifatini nazorat qilish — ta’lim oluvchining bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv
dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
ta’lim sifatini nazorat qilish — o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim standartlari
talablariga muvofiqligini tekshirish;
oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasi — davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim
muassasasi faoliyatini baholash va kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha
davlat nazoratining asosiy shakli;
oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi — oliy ta’lim muassasasi faoliyati darajasini davlat
ta’lim standartlarining mezon va talablariga javob berishi hamda bitiruvchilar oliy ta’lim to‘g‘risidagi
hujjatlarni berish huquqining davlat tomonidan e’tirof etilishi;
tajriba orttirish (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) — magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim o‘quv reja va o‘quv dasturlarini
o‘zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida
ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo‘li orqali magistrlarni eng yangi
ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, mudofaa, texnika, madaniyat va sog‘liqni
saqlash va boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib
borishi.
4. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar