Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar


o‘qitishning me’yoriy muddati



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida

o‘qitishning me’yoriy muddati — ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlarini o‘zlashtirilishi uchun belgilangan muddat;
o‘quv fanlari bloki — o‘quv rejalarida belgilangan fanlar majmualari, qoida tariqasida
“majburiy fanlar” bloki va “tanlov fanlari” blokiga ajratiladi;
o‘quv reja — oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura
mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni
o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun
belgilaydigan hujjat;
o‘quv yuklama — o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan akademik soatlar hajmi;
o‘quv fani — ta’lim jarayonida muayyan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha
o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan tegishli ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardan saralab
olingan bilim va ko‘nikmalar tizimi;
o‘quv yili — oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv
faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2021/2022 o‘quv yili;
o‘quv semestri — oliy ta’lim muassasasida o‘quv yilining yarmini tashkil etuvchi o‘zaro
bog‘langan fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy
nazorat bilan tugallanadigan qismi. Ayrim hollarda o‘quv semestri o‘quv yilining uchdan bir qismini
tashkil etishi mumkin;
o‘quv dasturi — ta’lim mazmunini belgilovchi o‘quv fanining asosiy mavzulari, mazmuni,
o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat;


malaka amaliyoti — o‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma
hosil qilish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha
materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi;

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin