Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar



Yüklə 129,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix22.12.2022
ölçüsü129,89 Kb.
#77337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
35-2021-сон 19.10.2021. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida

4.2. Magistratura
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuni oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida
mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni nazarda tutgan holda
shakllantiriladi.
Oliy ta’lim magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan uzviylik va uzluksizligini ta’minlagan
holda oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari
asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy
fanlar) bloki, tanlab o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki va ilmiy faoliyat bloki kiradi.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga xos xususiyatlariga
muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda ta’lim
oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni
bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq yakuniy davlat
attestatsiyasi (magistrlik dissertatsiyasining himoyasi) bilan tugallanadi.
4.2.1. O‘quv rejaning o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan minimal talablar:
majburiy fanlar bloki ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ilmiy izlanish va tahlil, empirik va nazariy
tadqiqot usullari, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiyalar, ta’limning
zamonaviy usullari, mutaxassislikka doir dolzarb va chuqur ilmiy, metodologik, ilmiy-texnik,
texnologik bilim, uquv, ko‘nikma va kompetensiyalarni ta’lim oluvchilarda shakllantirishi hamda
muayyan doktorantura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi
lozim.
tanlov fanlari bloki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim oluvchilar qo‘shimcha chuqur nazariy va
amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini


hisobga olgan holda ilmiy, pedagogik va kasbiy kompetensiyalarini kengayishini ta’minlashi, ta’lim
trayektoriyalariga muvofiq magistr darajasidagi kasbiy bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon
yaratishi lozim.
ilmiy faoliyat bloki ilmiy-tadqiqotlar nazariyasi va amaliyoti o‘zlashtirilishini, ta’lim oluvchilar
tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-
pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim.
Bunda:
ilmiy-tadqiqot amaliyoti ta’lim oluvchilar mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy
ko‘nikmalarini hosil qilishi, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va aks ettirish,
zamonaviy axborot bazalarini qo‘llash, ilmiy maqolalar va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga
doir bilim, uquv va ko‘nikmalarni shakllantirishi lozim;
ilmiy-pedagogik amaliyoti zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya
ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini
shakllantirishi, o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etishga doir
kompetensiya va ko‘nikmalarni hosil qilishi lozim.
Ilmiy-tadqiqot amaliyoti taqozo etganda yakka tartibda ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni
o‘tkazish maqsadida tajriba orttirish jarayoni tashkil etiladi. Bunda tajriba orttirish jarayoniga
yo‘llangan ta’lim oluvchi o‘quv jarayoni jadvalini yakka tartibdagi ish rejasi asosida bajarishi ko‘zda
tutiladi.
tajriba orttirish ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot olib borishi, nazariy va amaliy bilimlarini
chuqurlashtirish, muayyan soha va tarmoqdagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan
tanishishi, amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllanishi, kasbga samarali
moslashuvini ta’minlashi lozim.
4.2.2. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalar ta’lim davrining to‘liq
me’yoriy muddati uchun (birinchi kursdan yakuniy kursgacha) ishlab chiqiladi va bu davrda ularga
o‘zgartirish kiritish, ularni bekor qilish, o‘rniga boshqa o‘quv reja ishlab chiqib tatbiq etishga yo‘l
qo‘yilmaydi.

Yüklə 129,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin