Bolaning o’qish va yozishdagi xatolari uchun past baho qo’yib ranjitmaslik,
unga dalda berish, uning hulq atvoridagi
ijobiy jihatlarga tayanish, unga
qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin degan fikrni singdirish mihimdir.
Duduqlanuvchi bolalar bilan alohida suhbatlar qilish,
ularning xarakter
xususiyatlarini o’rganish lozimdir. Sinf o’quvchilariga duduqlanuvchi
o’rtog’i ustidan kulmaslik, uning kamchiligini yuziga solmaslik, unga sinf
o’quvchilarining hayrihohligini tashkil qila bilish kerak.
Duduqlanuvchi o’quvchi savollarga og’zaki
javob bergan vaqtida ularga
xushmuomalalik bilan yordam ko’rsatish, ulardan darhol katta uzun gaplar
tuzishni talab qilmaslik kerak.
Duduq o’quvchilarning bilimlariga, ularning
yozma javobiga qarab baho
qo’yish ma’quldir.
Ulardan chet kishilar bo’lganda og’zaki javob berish talab qilinmaydi.
Duduq
bolalarga baqirib gapirish
,
masxara qilish, laqab qo’yish mutlaqo
noo’rindir.
Dostları ilə paylaş: