RUHIMNING DOVUSHI
Ustoz Ikrom OTАMURODga
Toki nafas olmoqda cholg‘u,
Hayotining shartidir navo.
Kuy barhayot, musiqa mangu,
Men – nay nafas olayotgan havo:
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
Tong‘ o‘lg‘unchah men ki bulbulning
Tomog‘idan chiqayotgan jon.
So‘ng gulg‘unchah ham qizil gulning
Qulog‘idan kirayotgan jon:
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
Tor tortilgan torning qornida
Yuragimning pardasidir u.
Bir dunyoning ikki yarmiga
Teng bo‘linib aytadi turku:
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
54
Cholg‘uvchimning barmoqlarida
Duppurlaydi yurak – choldirma.
Qasnog‘ining qirg‘oqlarida
Shaqqirlaydi zirak – zanjirlar:
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
Toki nafas olmoqda cholg‘u,
Hayotining shartidir navo.
Kuy barhayot, musiqa mangu,
Men – nay nafas olayotgan havo:
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
– I – fu – u – uvv…
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
55
MUHАBBАT
Muhabbat shunchalik mittiki,
Bemalol sig‘adi yurakka.
Muhabbat shunchalik kattaki,
Sig‘maydi na yer-u falakka.
Yo‘l to‘sar. Qizlarda bosh qotar –
Bilakka chang solar, bilakka.
Ko‘z otar, qosh otar, tosh otar,
Yurakka tegadi, yurakka.
Berkinar, hech kimga bildirmay
Uzoqdan kuzatib turadi.
Yo‘llarni bir nafas tindirmay
Tun-u kun uxlamay yuradi.
O‘zingni aldamay qo‘yaqol,
Ne darkor o‘yinchi – ovunchi?
Sen meni shoshilib suyaqol,
Jonimdan berayin suyunchi.
Bilib qo‘y, mehrni qantarib
Yashasang ko‘kaying kuyadi.
Meni-chi, muhabbat qaytarib
Qo‘yniga yashirib qo‘yadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
56
SEVАMАN
Sevaman –
Аslo yeb to‘ymaydi tilim
So‘zimning eng shirin sochqilarini.
Sevaman –
Аslo tinch qo‘ymaydi dilim
Ko‘zimning eng uzun soqchilarini.
Sevaman –
Ko‘zlarim bo‘lishib ogoh
Аmr-u farmon berdi sipohlariga.
Sevaman –
“Elchiga o‘lim yo‘q”, nogoh
Ishqnoma tutqazdim nigohlarimga.
Sevaman –
Xushxabar
Yo‘lladim alhol
Muhabbat mulkiga dilchilarimni.
Malikam, kishanlab berdingiz darhol
Jallodlar ilkiga elchilarimni…
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
57
Dostları ilə paylaş: |