Rustаm MUSURMON
66
BOZBАRАK
Hech kim yer sharini ko‘tarolmasmish,
Tayanch nuqtasini topmasmish, biroq
Mening bir qo‘limda
zamin chirpirak,
Barmog‘im uchida aylanar falak –
Bozbarak…
Bozbarak...
Bozbarak...
Tugma qadab bo‘lmas emish shamolga,
Tutqich bermas emish hech kimga, biroq
Men esa shamolning ikki betiga
Tortib yuborganman ikki shapaloq –
Bozbarak…
Bozbarak...
Bozbarak...
Hech kim ucholmasmish oyog‘i bilan,
Parvoz
qilolmasmish osmonga, biroq
Mening oyog‘imda tolmas qanot bor,
Mening oyog‘imga joylangan yurak –
Bozbarak…
Bozbarak...
Bozbarak...
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
68
NILUFАR GULDАSTА
turkum
CHORLOV
Chaqiraman bor ovoz bilan:
“Nilufar-uv, hoy, Nilufar-uv!”
Chiqa qolgin, gulim,
noz bilan,
Hamma yoq tinch quygan kabi suv.
Аyriliqdan ezilgan yurak
Seni qo‘msab chalayotir nay.
Diydoringni ko‘rishim kerak,
Kelaqolgin, jonim, aylanay!
Chaqiraman bo‘tadek bo‘zlab:
“Nilufar-uv, hoy, Nilufar-uv...”
Qulog‘imga yoqimli so‘zlab,
Yuragimning armonlarin yuv.
Yelkamdagi farishta chorlar:
“Nilufar-uv, hoy, Nilufar-uv!”
Xilvatga kel, yulduzlar porlar,
Nur sochar oy sen kabi suluv.
Sevgi – gulxan, ishq – nurli chechak,
Ishq olovin o‘chirolmas suv.
Seni juda sog‘indi yurak:
“Nilufar-uv, hoy, Nilufar-uv!”
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
69
NILUFАR
Yerga emas,
suvga otgansan ildiz,
Nilufar, sut kabi oppoqsan, oqsan.
Ko‘kdan tushib, suvda porlagan yulduz,
Ko‘zim qamashadi husningga boqsam,
Nilufar –
oq bilak, oq badan, oq to‘sh,
Go‘yo tiniq suvda cho‘milayotgan qiz.
Qushdek uchib ketar xayol, aql-hush,
Ruhim ko‘piradi misoli dengiz.
Yuragim ishqingda eridi, suluv,
Tuyg‘ularim – daryo, ko‘z yoshlarim – ko‘l.
Nilufarga zarur, axir,
tiniq suv,
Men toza suv bo‘ldim, sen nilufar bo‘l.
Nilufar yaprog‘i suvga sochilar,
Suv tubida turar poyasi qalqib.
Biroq u osmonga qarab ochilar,
Tabassum qiladi osmonga balqib.
Sen ham nilufardek, mayli, ko‘kka boq,
Husn-u jamolingdan yog‘iladi nur.
Menga
hech qayrilib qarama, biroq
Doim ochilib tur, gulim, kulib tur.
www.ziyouz.com kutubxonasi