Uyushmasi rustаm musurmon



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix25.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#77862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Rustam Musurmon. Bozbarak (2021)

TOSHKENT KURАNTLАRI
Toshkent kurantlari – vaqtning ovozi,
Har chorak soatda urib turar zang.
Kunlarning cholg‘usi, oylarning sozi,
O‘zgacha ohang bor, o‘zgacha jarang.
Qum soat, suv soat, quyosh soat bor,
Kun va oyga qarab vaqt o‘lchar odam.
Yo‘ldan asrlarning karvoni o‘tar,
Yuk ortadi hayot qadamma-qadam.
Soat ishlashi shart aniq, bequsur,
Zamondan orqada qolmaslik uchun.
Ulug‘bek rasadi, ziji emas sir,
Bizga qarab soat to‘g‘rilar ochun.
Minorada turgan posbondir kurant,
Vaqtida qo‘ng‘iroq chaladi hushyor.
Toshkent kurantlari bo‘ylari baland,
Yulduzlarni sanab turadi bedor.
Xalq bilan hamnafas kechdi yillari,
Qayg‘u va shodlikni teng ko‘rdi baham.
To‘xtab qolgan emish kurant millari
Toshkentda zilzila boshlangan mahal.
Soat ham odamga o‘xshab chekar g‘am,
Soat ham yig‘laydi odamga o‘xshab.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
7
Soat ham odamdek tutadi motam,
Odamning yonida turadi qaqshab.
Yurakda tulpordek dupurlar soat,
Soatdek yugurar tomirlarda qon.
Soat bu – tiriklik, soat bu – hayot,
Soat bu – umrga surʼat bergan jon.
Ikkita yurakning muhabbati baxt,
Toshkentning bog‘ida qo‘shaloq kurant
Hamohang bong urar, yashnaydi poytaxt,
Hayot baxsh etadi xush soat, xush vaqt.
Olamda vaqt erur eng oliy hakam,
Yulduzlar taqdirni qilur bashorat.
Kurant soatida o‘n ikki raqam
Аbadiy hayotga erur ishorat.
Ikki kurant turar yonma-yon, xushbaxt,
Zamin timsoli bu, osmon timsoli.
Zamon o‘taverar, o‘taverar vaqt
Ikki kurant aro daryo misoli. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
8
MАJNUNTOL
Majnuntol tagiga o‘tqazing meni, 
 Men uchun yig‘lasin, men yig‘lab bo‘ldim. 
 MIRTEMIR
Kuyovlari o‘lgan kelinchaklarning 
Daryoga bosh yuvib yig‘lashi ayon. 
Tul qolgan majnuntol kuyinchaklaring 
Soyga chayqar sochin ko‘zlari giryon. 
Qabringizni o‘pib yig‘lar majnuntol: 
“Men uchun yig‘lagan shoir, tura qol!” 
Sochlarini yulib yig‘lar majnuntol: 
“Soyamda uxlagan shoir, tura qol!” 
Turg‘izmoqchi bo‘lar bag‘riga bosib 
Sizni shovullagan shoxlari bilan. 
Ezilgan o‘pkasin ololmas bosib, 
Dunyoni to‘ldirdi ohlari bilan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
9

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin