Rustаm MUSURMON
22
POLVON
Sher
savlati yolida,
Er davlati elida.
Polvonlarning quvvati
Bilagida, belida.
Chechan bo‘lsa dovga qo‘y,
Mergan bo‘lsa ovga qo‘y.
Yigitlarning sarasi
Polvon bo‘lsa yovga qo‘y.
Qora tuya nor bo‘lar,
Qora buqa shor bo‘lar.
Olishmasa
or uchun,
Polvon zoti xor bo‘lar.
Baland tog‘dan qor ketmas,
Burgut ketmas, sor ketmas.
Polvonlarning ko‘ksidan
G‘urur ketmas, or ketmas.
Siri chiqmas sirtiga,
Sira qaytmas ortiga.
Qo‘rg‘on bo‘lar polvonlar
Millatiga, yurtiga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
23
EL EGАSI ER YIGIT
El egasi er yigit,
Er egasi sher yigit.
Er qadrini el bilur
Elim-yurtim der yigit.
Elning
baxti erkakdir,
Erkak elga tirgakdir.
El-yurt uchun er yigit
Kecha-kunduz sergakdir.
Yuragida yoli bor,
Yurganda shamoli bor.
Аrslonim,
deya suygan
Yori bor, ayoli bor.
Nasl javhari erkak,
Millat gavhari erkak.
Zamona tinch, yurt obod,
Hayot sarvari erkak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
24
DА’VАT
Xuruj
qildi dunyo ahliga ofat,
Xalqni asrash zarur ko‘rmay talofat,
Yo‘lboshchi shoshilinch ayladi daʼvat:
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat!
Lolalar so‘lmasin desak tog‘larda,
Gulni do‘l urmasin desak bog‘larda,
Odamlar yordamga muhtoj chog‘larda
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Yaxshi noming bilan o‘zgandir oting,
Davlating ko‘paysin, kelsin omading,
Bir qo‘ying o‘n bo‘lsin, yuzing bo‘lsin ming,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Bu xalq yaxshilikdan topgan saodat,
Yordamga qo‘l cho‘zmoq
oddiy bir odat,
Og‘ajon, ha degan tuyaga madad,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Ko‘rinmasdan hamla qilganida yov,
Himoya
kerakdir, kerak emas dov,
Bu ham bir imtihon,
bu ham bir sinov,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
Qancha sinovlarni baham ko‘rgan teng,
Biri yoqa bo‘lgan, biri bo‘lgan yeng,
O‘zbek mehri daryo, o‘zbek bag‘ri keng,
Elga ko‘mak kerak, yurtga saxovat.
www.ziyouz.com kutubxonasi