Uyushmasi rustаm musurmon


GO‘ZАL DUNYO, TUZАL, DUNYO!



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix25.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#77862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Rustam Musurmon. Bozbarak (2021)

GO‘ZАL DUNYO, TUZАL, DUNYO!
Buncha uzoq cho‘zildi-ya darding, dunyo!
Ko‘zga surtay poyingdagi garding, dunyo!
Odamlarning sog‘lig‘i deb kurashmoqda
Qancha botirlaring, qancha marding, dunyo!
Go‘zal dunyo, aylanayin, go‘zal dunyo!
Tuzal, dunyo! Tuzal, dunyo! Tuzal, dunyo!
Huvillaydi ko‘chalaring, shaharlaring,
Odamlarni qo‘msar laylu nahorlaring.
Eshigingga gul ko‘tarib kelib, nahot,
Hech kimsani ko‘rmay ketar bahorlaring...
Tuzal, dunyo, bahor ketib, yozlar keldi,
Turna qushlar, qaldirg‘ochlar, g‘ozlar keldi.
Derazangda bulbul kuylar navo birlan,
Yulduzlardan, quyoshlardan sozlar keldi.
Otday bo‘lib chopib yursang bo‘lmaydimi?
Sog‘liqdan baxt topib yursang bo‘lmaydimi?
Boshing bog‘lab, uydan chiqmay yotib qolsang,
Senga o‘zga sayyoralar kulmaydimi?
Jonim og‘rir tikan kirsa barmog‘ingga,
Boyliklarni alishmayman tirnog‘ingga.
Pul topay deb halak bo‘lma, qog‘oz pullar
Аrzimaydi sog‘-salomat yurmog‘ingga. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
26
Yomg‘irlarni, bo‘ronlarni to‘xtatgan so‘z,
Yashinlarni, to‘fonlarni to‘xtatgan so‘z.
Shoir agar ko‘kka qarab nido qilsa,
Balolarni, suronlarni to‘xtatgan so‘z.
Xudoyimga yurak bilan qildim niyat,
Yetar endi bu bemorlik, bu jarohat!
Tavba qildim, nola qildim, nido qildim:
To‘xta, balo! To‘xta, kulfat! To‘xta, ofat!
Go‘zal dunyo, aylanayin, go‘zal dunyo!
Tuzal, dunyo! Tuzal, dunyo! Tuzal, dunyo!
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
27
XАBАR
Ustoz Аhmadjon Meliboyevga
Buyuk ongga qaram erur koinot,
Аxborot o‘qida aylanar olam.
Bamisli yashindek chaqnar matbuot,
Dunyo yuragini eshitar odam.
Qadimda ot minib yugurgan chopar,
Goh noma keltirgan, goh noma eltgan.
Yetkazmoqchi bo‘lsa shoshilinch xabar,
Baland qo‘rg‘on uzra tutatgan gulxan.
Balodan bexabar qolib banogoh,
Kunpayakun bo‘lgan necha el, eh-hey...
Vaqtida vulqondan bo‘lmadi ogoh,
Tiriklay lavaga ko‘mildi Pompey.
Pompey-ku taqdirning hukmi-da, mayli...
Dunyodan bexabar qolmoqlik yomon.
Dunyodan bexabar inson tufayli
Dunyoning o‘zi ham qolmaydi omon.
Gar odam odamdan olmasa xabar,
Gar odam odamga bermasa xabar,
Dunyo bo‘lmas edi buncha mo‘tabar,
Hayot bo‘lmas edi buncha dilobar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
28
Qo‘l keldi radio, oynayi jahon,
Tezlikda tovushdan ham o‘zib ketdik.
Dunyoga matbuot bo‘ldi hukmron,
Nihoyat axborot asriga yetdik.
Oynayi jahondek yorishdi ochun,
Ekranga boqadi inson sertashvish.
Quyosh chiqishidan boshlangandek kun,
Gazeta o‘qishdan boshlanadi ish.
Mehribon bo‘lmaydi hamisha taqdir,
Balki qilib bo‘lmas hayotni tahrir.
Rahmat, yaxshi xabar aytguvchi Muxbir!
Rahmat, ahvolimdan voqif Muharrir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
29
MUXBIR
Katta gazetada kichik muxbirman, 
Hayotdan izlayman mavzu, maqola. 
Qog‘oz-qalam bilan tutash taqdirman, 
Yozganlarim el-u yurtga havola. 
Ko‘ngil sog‘ingani kabi bahorni, 
Gavhar yarashgandek uzuk ko‘ziga. 
Fikr yangi bo‘lsa, tashbeh ohorli
Quloq soladi el muxbir so‘ziga. 
O‘quvchilar fikri asosiy mezon, 
Baholar nimaga qodirligingni. 
Dunyoga so‘z aytish emasdir oson, 
Ijodda isbotla botirligingni. 
Sahifalar yuzdir, sarlavhalar qosh, 
Oydek gazetaning bo‘lay adosi. 
Tishga botganidek oshdan chiqqan tosh, 
So‘zda o‘tib ketsa imlo xatosi. 
Tekshirib har bitta sahifasini, 
Boqib xabarlarga, bosh maqolaga… 
Bejirim gazeta loyihasini 
Nihoyat eltaman bosmaxonaga. 
Go‘yo oshiq yigit oqshom beqaror 
Kutgandek sevimli qizni intizor –
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rustаm MUSURMON
30
Tun bo‘yi navbatchi bo‘lib vafodor, 
Gazeta diydorin poylayman bedor. 
Yangi gazetadan anqiydi bo‘yoq, 
“Nashrga ijozat!” chekaman imzo. 
Ko‘chaga chiqaman, jim-jit hammayoq, 
Tong otar, hademay qatnaydi metro. 
Gazeta tandirdan uzilgan nondek, 
Аxborot asrida totli nonushta. 
Maʼnaviy ozuqa tomirda qondek
Yurak toza bo‘lar, ko‘ngil sarishta.
Uyga qaytganimda yurakni g‘ashlab: 
“Tunda kelmadingiz…” – deydi ayolim. 
Sovugan ovqatni yeyman yonboshlab, 
Gazetaga ketar yana xayolim.
Hayotim bog‘langan tahririyatga, 
Meni qalam bilan siylagan taqdir. 
Haqiqat, adolat, ezgu niyatga 
Masʼul muxbirdirman, javobgar muxbir. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BOZBАRАK
31

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin