MUHАBBАT
Bilmayman sariqmi, qorami,
Аniqlab bo‘lmaydi elini.
Yuragi qo‘shaloq bo‘ladi,
Oshiqlar tushunar tilini.
Tentirar keng ko‘cha-ko‘ylarda,
Baribir hech qayga sig‘maydi.
Gohida tushib ne ko‘ylarga
Yig‘laydi, yig‘laydi, yig‘laydi.
Ko‘zidan ketadi madori,
Qo‘rqasan yuziga qarashga.
Ko‘rmadim uningday gadoni,
Or qilar sadaqa so‘rashga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
46
* * *
Ko‘kragimga mushtlaydi birov,
Mushtlayverar ichkarisidan:
– Nima bo‘ldi, ochingizlar-ov,
Bu vujudning tashqarisida?!
Haqiqatni aytaman og‘ir,
Og‘ir mushtlar tushar siynamga.
O‘zimdan ham qiyinroq, axir,
Ichimdagi jabrdiydaga.
– Bandim, meni mushtlayver, yig‘lab,
Qattiqroq chek afsus, nadomat.
Xuddi sendek birovni bog‘lab,
Olib ketdi bir sarviqomat…
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
47
DАRVISH
Dedi: “Gar kashkulingda
Dinor yo‘qdir, qalandar,
Quvonursan, kulursan –
Ko‘ngling to‘qdir, qalandar?!”
Dedimki: “Bexabarsan,
Kashkulimga, jonona,
Ul ikki ko‘z – qo‘sh dinor
Tashlab o‘tdi pinhona”.
Dediki: “Gar boshingda
Panoh yo‘qdur, qalandar,
Quvonursan, kulursan –
Ko‘ngling to‘qdir, qalandar?!”
Dedim: “Shukur, mening ham
Panohim bor, jonona –
Muhabbat bor boshimda,
Ilohim bor, jonona”.
Dedi: “Qayga ketursan?”
Dedim: “Yorga yeturman”.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
48
* * *
Yolg‘iz senga aytmoq bo‘lgan gaplarim
Qo‘shiq bo‘lib “Bahor valsi”da yangrar.
Yurakda limmo-lim to‘lgan dardlarim
Gulparast bulbulning bo‘g‘zida ingrar.
Sargardon gadodek qo‘llarin cho‘zib,
Muhabbatim sendan tilar sadaqa –
Uning nigohidan ko‘zlaring uzib,
Mehring xazinasidan bermaysan chaqa.
Xanjar sanchib asov yurakkinamga,
Bo‘yashga rang olding tirnoqlar uchun.
Xudo seni olov quchoqqinamga
Surgun qilsin o‘sha gunohlar uchun.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
49
Dostları ilə paylaş: |