84
Shveysariya bilan bog‘laydigan ikkita tunnel qurdi.
Yangi sanoat
tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatlari tariqasida vujudga keldi.
1906-yilda tashkil topgan „Fiat“ aksiyadorlik jamiyati kimyo,
rezina, mashinasozlik, elektr, avtomobil
sanoati va boshqa mah-
sulotlar ishlab chiqarishda tezda ustunlik mavqeyini egallab oldi.
Birinchi jahon urushiga qadar Italiya agrar mamlakatligicha
qolib, ishga yaroqli aholisining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida band
edi. Shunday bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligi bilan band bo‘lgan aholi
soni yildan yilga kamayib bordi.
Mamlakatda mehnatkashlar ahvoli niho-
yatda og‘ir edi.
Italiya aholi jon boshiga
daromad taqsimoti darajasi bo‘yicha G‘arbiy Yevropada eng oxir-
gi o‘rinda turar edi. Ish soati 12—13 soat davom etardi.
Ahvol, ayniqsa, mamlakat janubida og‘ir edi. Oqibatda, Ita-
liyaning ko‘plab fuqarolari ish izlab chet ellarga ketdilar.
Italiya xalqi o‘z ahvolini yaxshilash va o‘z
haq-huquqlari uchun
kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Bu kurash oqibatida, 1892-
yilda Italiya Sotsialistik partiyasi tuzildi.
Dehqonlarning ahvoli ham og‘ir edi. Bu og‘ir hayot Sitsiliyada
dehqonlar qo‘zg‘olonining ko‘tarilishiga olib keldi. 1898-yilda
Milanda ro‘y bergan umumiy ish tashlash 5
kunlik barrikada
janglariga aylanib ketdi. Hukumat ishchilar harakatini armiya kuchi
bilan bostirdi.
1903—1914-yillarda (orada ma’lum uzilishlar bilan) Italiya
hukumatini o‘z davrining mashhur siyosiy arbobi J.
Jolitti bosh-
qardi.
J. Jolitti aholi xarid quvvatini oshirmay turib, sanoat ishlab
chiqarishini rivojlantirib bo‘lmasligini yaxshi tushunar edi.
Buning
uchun esa mehnatkashlarga yaxshi ish haqi to‘lash zarur edi.
Bu haqda u „Sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori bo‘lgan
mamlakatlar turadi“, deb ta’kidlagan edi. Uning davrida kasaba
uyushmalari tuzilishiga, ish tashlash o‘tkazilishiga
ruxsat etuvchi,
tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik,
saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida
qonunlar qabul qilindi.
Ayni paytda, u davlatning mamlakat
iqtisodidagi rolini oshirish
tarafdori edi. Uning fikricha, davlat — mehnat va kapital o‘rtasida
hakam vazifasini bajarishi lozim edi.
Dostları ilə paylaş: