tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648
yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik
faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqarada.
«Vidimo’y mir v kartinkax», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni
ilgari suradi. Bunda «YOshlarning xulq qoidasi», «YAxshi tashkil topgan
maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir ishlari berilgan.
1656 yili Shved—polyak urushi vaqtida Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi
tor-mor qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan Amsterdamga o’tadi.
Shunda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami bosilib
chiqadi.
Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning mustaqilligi uchun kurash olib
boradi. Uning ko’p asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq poeziyasini
yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va o’z xalqining tilini saqlashga, sevishga
undaydi.
Komenskiyning dunyoqarashi. Komenskiyning dunyoqarashida uch
xususiyat ta’sirini ko’ramiz.
1. Natur falsafasi. 16—17-asrlarda ingliz faylasufi — materialist Bekon
sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o’qitish jarayoniga shu
pozisiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish bo’lmagan yerda bilish ham
yo’q, deydi u.
2. Chex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo’lganligi uchun Komenskiy ham
dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan
bog’liq edi.
3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg’onish davri ta’sirida
vujudga keladi. Odamlarga nisbatan muhabbat, hushchaqchaqlik, odamlarning
yaxshilik yaratishiga ishonch bilan qarash, bularning hammasi o’rta asr odamiga
nisbatan ishonchsizlik bilan qarashga qarama-qarshidir.
Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi. Dunyo bir
butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Ajralib qolgan narsa yo’q. Dunyo
qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o’sishda, o’sish esa o’z
qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi.
Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un
bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o’qitish
tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning