Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji



Yüklə 272,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix10.01.2023
ölçüsü272,64 Kb.
#78822
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Maruza

Izchillik tamoyilida — fan asoslarini izchil bayon qilish va sistemali tarzda 
o’rgatish talab etiladi. Izchillik tamoyilida, kun, oy, yilga vazifa qo’yish va uni 
amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda aniq vaqtni belgilash
o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni 
bugungi material ertagi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish 
kerak. 
Komenskiy materialni mustahkam, asosli o’zlashtirib olishlariga katta 
ahamiyat berib, «mustahkam asos» vujudga keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-
biriga bog’lagan holda olib borish lozim, deydi. Har bir mavzu qisqa, aniq qoidalar 
asosida berilishi kerak. O’tilgan materialni mashq qildirish va takrorlatish 
o’quvchilarning materialni mustahkam o’zlashtirishiga olib keladi. Takrorlangan dars 
materiali esda yaxshi saqlanib qoladi. Ovoz chiqarib takrorlashning foydasi ko’pligini 
ko’rsatadi. Mashqlar o’rnida bir qancha qoidalarni belgilab, takrorlash yo’llarini 
aniqlab beradi. O’qitishda taqrib bilan tahlilni bir-biriga qo’shib olib borish 
kerakligini ko’rsatadi. 
Komenskiy maktablarda mashq qilish bilan yozishni, nutqni mashq qilish 
bilan gapirishni, ashulani mashq qilish bilan ashula aytishni, xulosalar chiqarib berish 
yo’li bilan xulosalar chiqarishni va shu kabilarni o’rgansinlar, toki maktab ishi qizib 
turgan bamisoli bir ustaxona bo’lsin deydi. Shuningdek, u o’quvchilarning bilish 
qobiliyatini o’stirishga, bilimga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytirishga va ilm ishiga 
bo’lgan g’ayratini oshirishga intildi. 
Sinf — dars tizimi. Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib ish 
olib borishini, ya’ni sinf — dars tizimida o’qitishni olib borishni tavsiya etdi. 
Komenskiy sinf — dars tizimini ishlab chiqadi. Dars vaqtida o’tgan darsni qaytarish, 
yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko’rsatadi. 
Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar beradi. Har bir darsning 
o’z mavzusi va o’z vazifasi bo’lishini aytadi. O’qituvchi o’quvchilarning dars 
mashg’ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlashi, kuzatib borishi, sinfda intizom 
saqlanishi kerakligini uqtiradi. O’quv jarayonini tashkil qilishni haddat tashqari 
oshirib yuborib, o’qituvchi bir vaqtda 300 o’quvchi bilan dars olib borishi mumkin, 
deb hisobladi. O’qituvchi o’ziga yaxshi o’quvchini yordamchi qilib olishi 
mumkinligini aytadi. 
U maktabda o’quv yili va uni o’quv choraklariga bo’lish, ta’tillar berilishini 
kiritdi. O’quv kunini (ona tili maktabida 4 soat, lotin maktabida 6 soat) belgilab berdi. 
O’quvchilar maktabga bir vaqtda qabul qilinib, o’qish kuzda (sentyabrda) boshlanishi 
kerak, deb hisobladi. 
Komenskiy darslik qanday bo’lishi to’g’risida qimmatli fikrlar aytib, o’z 
zamonasi uchun namunali bo’lgan bir necha darsliklar yozdi. O’zining nazariy 
fikrlarini darsliklarida amalga oshirdi. Darslikda o’quv materiali yetarlicha bo’lishi, 
qisqa, mazmunli, tushunarli, izchil berilishi kerak. Darslik oddiy, bolalarga tushunarli 
tilda yozilishi, rasmlarga boy bo’lishi kerak. Darslikdagi material muntazam tartib 
bilan joylashtirilishi, bolalarning yoshiga qarab ravshan bayon etilishi shart, deydi. Bu 
fikrlarni o’zining «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» va «Hislar vositasi 

Yüklə 272,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin