4. 18—24 yoshgacha — Universitet. Akademiya. Bu o’quv yurtlari
o’quvchining irodasini, shaxsini bir butun o’stirishi kerak.
Shunday qilib, maktab Komenskiy qarashicha o’quvchilarni o’ylashga,
harakatlantirishga, masalalarni amalda mustaqil yecha bilishga, o’quvchilarni
so’zlashga, o’z fikrini to’g’ri ifoda qilishga va isbotlab berishga o’rgatishi kerak.
Mehnat kishini ulug’laydi, deydi Komenskiy. SHuning uchun mehnatga ham
yoshlikdan o’rgatish kerakligini ilgari suradi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o’qitish, ya’ni didaktika katta
o’rinni egallaydi. Bunda u tabiiylik usulini asos qilib oladi. Bu usulning mohiyati
shundan iboratki, bunda bolaning yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari
hisobga olinib, darsni tabiat borlig’iga moslab olib borish kerak, degan g’oya ilgari
suriladi.
Masalan: Qush o’ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq bo’lishi kerak.
Maktab ham xuddi shunday bo’lishi kerak.
Komenskiy o’zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o’qitish tizimini
amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.
1. Ko’rsatmalilik tamoyili;
2. Onglilik tamoyili;
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyillari.
Dostları ilə paylaş: