«Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» darsligini o’zining didaktik
tamoyillariga amal qilgan holda tuzdi. Darslik turli sohalarda bolalar tushuna oladigan
bilimlar bilan tanishtiradi.
«Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari»ni boshlang’ich
bilimlarning bolalar uchun yozilgan ensiklopediyasi deyish mumkin. 150 ta suratlar
bilan berilgan qisqa maqolada tabiat haqida (olam, geografiyaga doir, o’simliklar,
hayvonlar, inson tanasi haqida), odamning faoliyati haqida (kasb-hunar, qishloq
xo’jaligi, madaniyat), ijtimoiy hayot haqida (davlat boshqarmalari, sud haqida)
ma’lumotlar beradi. Bu kitob ko’p tillarga tarjima qilindi, boshlang’ich ta’lim uchun
150 yildan ko’proq yaxshi darslik sifatida xizmat qiladi.
Axloqiy tarbiya. Intizom. Komenskiy yoshligidan boshlab bolada axloq va
odob hosil qilish kerakligini aytadi. Mardlik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt va
vaziyat talab qilganida foyda yetkazishga tayyor bo’lib turish, burchni ado qilish kabi
xislatlar fazilatdir. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min-qobillik,
kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmatlash,
mehnatsevarlik xislatlarni tarbiyalashni ham muhim vazifa, deb hisoblaydi.
U quyidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi: a) ota-ona, o’qituvchi,
o’rtoqlarining namunasi; b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar
o’tkazish; v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik,
o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.
Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz
maktab bamisoli suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr
maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Bolalarga
insoniy muomalada bo’lishni tavsiya etadi. Intizom: o’qituvchining namuna
ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri
munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi mazmunli
bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi), bolani ko’pchilik oldida, o’rtoqlari
o’rtasida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi, deydi.
Dostları ilə paylaş: