O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI”
KAFEDRASI
“MA’NAVIYATSHUNOSLIK” FANIDAN
“5111600-Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
bakalavriat ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi
Kamildjanov Muxammadning
“VATANPARAVARLIK – YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY FAZILAT”
mavzusidagi
K U R S I S H I
Ilmiy rahbar: dots. B.S.Turdiyev
Bajardi: M.Kamildjanov
Buxoro-2022
MAVZU: VATANPARAVARLIK – YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY
FAZILAT
Kirish
I Bob. Vatanparvarlik tarbiyasi – yuksak insoniylik belgisi sifatida
1.1. Vatan tushunchasi, uning mazmun-mohiyati
1.2. Vatanparvarlik – eng ulug‘ ma’naviy fazilat
II Bob. YOshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kelajak taraqqiyotining
muhim omilidir
2.1. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash omillari
2.2. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishning
dolzarb masalalari
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Yosh avlodning ma’naviyatini shakllantirishda
vatanparvarlik tarbiyasi barcha davrlarda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etib
kelgan. Mustaqil mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli sohalarida bugungi kunda
chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi, ayniqsa, ma’naviy sohada juda katta
imkoniyatlar yaratilganligi quvonarli holdir. Zero, bu sohada bajariladigan ishlar,
tadqiq qilishga muhtoj muammolar juda ko‘p. Bu dolzarb muammolardan biri,
milliy va vatanparvarlik tarbiya masalasidir. Albatta, xalqimizning tarbiya
borasidagi etuk milliy ma’naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning
tarkibiy qismi bo‘lib kelgan.
Shuning uchun ham, mavzuning dolzarbligi o‘sib kelayotgan yosh avlod
ongida keksa avlod dono tajribasini singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va
rivojlantirish, Vatan va millat oldidagi burch va mas’uliyatni his qilishga o‘rgatish,
qonunlarga rioya etish fazilatlarini qaror toptirish deb belgilandi. CHunki Vatanga
sodiqlik, vatanparvarlik o‘zining qudratli ildizlari bilan oila, avlod-ajdodlarning or-
nomusiga chuqur ehtirom bilan qarashga, insonning o‘z vijdoni va burchiga
sodiqligiga borib taqaladi. O‘zbek xalqining yuksak milliy qadriyatlari
vatanparvarlik, milliy g‘ururni ma’naviy yuksaltirish, jamiyat ravnaqi yo‘lidagi
qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam beradi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek, “Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab,
qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat
namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama
ravnaq topishiga bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan
biz cheksiz faxrlanamiz”
1
.
Biz
ana
shunday
Dostları ilə paylaş: |