Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va
ma’naviy ne’matlarga
erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va
imkoniyatlari evaziga erishishi
17
.
Vatanning qadriga yetish uchun, avvalo, o‘tmishimizni yaxshi
bilishimiz
zarur.
Agar
buni
unutsak,
kelajagimizni
barbod
qilamiz.
Ajdodlarimiz Vatan degan bu muqaddas tuproqni ko‘z qorachig‘idek asrabavaylab
kelishgan.
O‘tmishda
yurtimiz
qanday
nomlar
bilan
atalmasin
u
bizga Vatan bo‘lib qolaverdi, xalqimiz qanday ahvolga tushmasin o‘z
milliyligini saqlab qolaverdi,
qanday fitna, fisqu fasodlar uyushtirishmasin
o‘z yo‘limizdan adashmadik.
Buning qanday sirli sabablari bor dersiz. Bu tuproqning azizligi
shundaki, unda yurtimizni jahonga tanitgan ulug‘ zotlar – aziz-avliyolar,
ulamoyu allomalar, donishmandlar yotibdi. Bu tuproqning muqaddasligi
shundaki, unda Vatan va millat ozodligi yo‘lida
jon fido qilgan minglab
xalq qahramonlari orom topgan. Ulug‘vorligi esa shundaki, unda Amir
Temur kabi Vatan va millat fidoyilari tug‘ilib, o‘sib-ulg‘ayib, voyaga yetib,
jahon kezib, butun insoniyat taraqqiyoti va rivojiga katta hissa qo‘shib, yer
yuzida shunday yurt borligini tarixga muhrlab ketgan.
Vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda Vatan, millat manfaatlarini
birinchi o‘ringa qo‘yishdir. Vatanparvarlik haqida gap ketganda, mustaqillik bizga
in’om etgan vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida so‘zlamaslikning iloji yo‘q.
Vatanparvarlikning
oliy ramzlari xalqimiz, yoshlarimiz qalblaridan mustahkam
o‘rin olayotganligi nihoyatda quvonchlidir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining Birlashgan Millatlar
Tashkilotining NyuYorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar
bayroqlari qatorida mag‘rur hilpirab turishini ko‘rish va his etish naqadar katta
baxt. Prezident Islom Karimov juda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek: «O‘zbekiston
17
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2001. –
B.122.
fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi,
Davlat
Bayrog‘i, Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona vatan – O‘zbekiston Respublikasiga
iftixor va cheksiz hurmat tuyg‘usini tarbiyalaydi». Davlatimiz mukofotlari –
«O‘zbekiston Qahramoni» oliy unvoni, orden va medallar, faxriy unvonlar ham
mamlakatimiz fuqarolarida o‘z Vatanidan g‘ururlanish tuyg‘ularini oshirishga
xizmat qiladi.
Vatanparvarlik insonning o‘z Vataniga muhabbati va uni asrabavaylashga
bo‘lgan intilishini anglatadi. Ota-bobolarimiz, ulug‘ ajdodlarimiz va allomalarimiz
Vatanga muhabbat va sadoqatni ifoda etish
borasida ajoyib namunalar
ko‘rsatganlar. Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Nasr Forobiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy,
Abulays Samarqandiy,
Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy, Kaffol Shoshiy kabi buyuk
mutafakkirlarimiz o‘z taxalluslarini kindik qoni to‘kilgan yurt bilan bog‘lab, uning
nomini dunyoga mashhur qilganlari ham bir ibratdir
18
.
Xulosa qilib aytganda, vatanparvarlik har bir insonni o‘zi tug‘ilib
o‘sgan
yurtini,
elini
e’zozlash,
uning
iqtisodiy,
ijtimoiy,
siyosiy,
madaniy,
ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg‘urish, g‘amho‘rlik qilish,
taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shish, o‘z davlati, mamlakatining
mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo‘lganda unga o‘z
hayotini
bag‘ishlashga
yo‘llaydigan
yuksak
ma’naviylik
mezonidir.
SHunday
qilib,
hozirgi
o‘zbek vatanparvarligi ota-bobolarimiz, avlod
va
ajdodlarimiz
yaratuvchanlik,
bunyodkorlik
ishlarining
bevosita
davomidir.
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun
hozir har daqiqada ulush qo‘shmoq, vatanga muhabbat tuyg‘usivatanparvarlikning
asl ko‘rinishi va namoyon bo‘lishidir. Vatanga munosib farzand bo‘lish, uning eri,
suvi, eli bilan chambarchas bog‘liq ekanligimizni teran anglash, uni asrash,
ardoqlash vatanparvarligimizning qirrasi.
18
Ikramov Sh.T. Yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, elyurtga
sadoqat, adolat, halollik fazilatlarini va muomala madaniyatini kamol toptirish– T.: “O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2014. –B.262.