yo‘lida Vatanini yovga topshirishni or deb bilgan alloma bosqinchilarga
qarshi: «
Yo Vatan, yo sharafli o‘lim»1degan g‘oyani
shior qilib jangga
kiradi va mardlarcha tug‘ ko‘tarib, lashkarni olg‘a chorlab borayotgan holatda
halok
bo‘ladi. U tug‘ni shunchalar jon-jahdi bilan ushlagan ediki,
bayroqni allomaning qo‘lini kesibgina ajratib oladilar. Vatan ravnaqi
uchun ulug‘ allomalarimizning an’anasini davom ettirishga mas’ulligimizni his
qilgan holda faoliyat olib borishimiz shart. Vatan ming kishisiz ham yashaydi,
kelajagi poydevorini quraveradi. Ammo biz – birortamiz O‘zbekistonsiz yashay
olmaymiz. “
Kim Vatansiz yashash mumkinligiga ishonsa – u diyonatsizdir. U
xori zordir. O‘z yurtidan yuz o‘girganlar eng avvalo o‘z vijdonlaridan yuz
o‘girgan bo‘ladilar. O‘z yurtini sevmagan, seva olmagan odam hatto o‘zini
ham seva olmaydi, oqibatda esa o‘z-o‘zidan nafratlanadi”
23
.
“Vatanni sevmoq iymondandir”, degan hikmat bejiz aytilmagan. Demak,
insonning o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti, yor-do‘stlari va yaqinlari bilan bog‘lovchi
Vatanni sevishi, ardoqlashi iymon ifodasidir. SHunday ekan, Vatanga muhabbat
qo‘yish, uning ravnaqi yo‘lida kuch-g‘ayrat sarflash barchaning farzandlik
burchi. Demak, Vatan inson uchun muqaddas,
uni hech bir narsa bilan
almashtirib bo‘lmaydi, u o‘z-o‘zidan sevilishga, ardoqlanishga va qadrlanishga
loyiqdir. Sodda qilib aytganda, ma’naviyatli inson: “Shu davlat, shu jamiyat menga
nima berdi?”, deb emas, balki “Men o‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima
berdim?” deb o‘ylashi va har dam shu aqida bilan yashashi kerak
24
.
Spetamen,
Alpomish, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi dostonlarda
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik ruhi badiiy tasvirlangan2.
SHarq mutafakkirlarining asarlarida ham vatanparvarlik intilishiga alohida
ahamiyat berilgan. Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi
qarashlari bilan SHarq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson
23
O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. – T.: “O’zbekiston”, 1995. – B.6.
24
Toshtemirov A. A. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik
tarbiyasini yanada
yuksaltirishning dolzarb masalalari: Respublika ilmiyamaliy konferentsiyasi materiallari (2016
yil 20 avgust). – T.: “O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2016. –B.185.
qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik va intizomlilik sifatlari ham namoyon
bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida tahliliy materiallarga ko‘ra quyidagi
sifatlar namoyon bo‘ladi:
Vatanga
bo‘lgan
mehr-muhabbat,
unga
sadoqat;
o‘zi
mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik;
Vatan
va
millat
tarixidan
g‘ururlanish; yurtning moddiy,
shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarni asrash, ularni
ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qilish;
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish;
Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga
qarshi kurashish;
Vatan va millat obro‘yi, sha’ni,
or-nomusini himoya qilish; Vatan
ravnaqi va millat taraqqiyotiga ishonishdan iborat
25
.
Demak, vatanparvar shaxs o‘z Vatanini uning boyliklari yoki Vatanining
qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o‘zi Vatanning bir
bo‘lagi
ekanligi, o‘zi mansub bo‘lgan millatning shu Vatanda, shu makonda
yashashi uchun qadrlay olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko‘rsatishi zarur.
O‘zbekiston
Respublikasi
mustaqilligining
dastlabki
yillaridayoq
respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq
belgilab
olindi.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Ta’lim
to‘g‘risida”gi
qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy
tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, vatanparvar va mustaqil
fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali
mutaxassisni tarbiyalab
voyaga etkazishdan iborat. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni
ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi
25
Ikramov Sh.T. Yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, elyurtga
sadoqat, adolat, halollik fazilatlarini va muomala madaniyatini kamol toptirish– T.: “O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2014. –B.267.
shaxsni, vatanparvarlik tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur
bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Vatanparvarlik tushunchalarning turli
yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir.
Dostları ilə paylaş: