O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Obrazes-kurs ishi

2.2. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada 
yuksaltirishning dolzarb masalalari 
Jamiyatimizning asosiy maqsadi ham Vatanga, xalqiga, millatiga fidokor 
mustaqil fikrlaydigan, har bir masalani ongli ravishda mas’uliyat bilan hal 
qiladigan, izlanuvchan ma’naviyatli barkamol farzandlar o‘stirish, ularni jismoniy 
ham ma’naviy-axloqiy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash va bilimli, ma’rifatli 
kishilar etib voyaga etkazishdan iborat. Demak, anna shunday iqtidorli talabalar, 
ma’naviyatli yoshlargina yurtimizning tayanchi bo‘lishi va porloq kelajagini 
yaratishi mumkin.
Hozirda o‘sib borayotgan yosh avlodni Vatan va uning kelajagi haqidagi uy 
fikrlari, Vatan manfaatlari bilan bog‘lay olishlarida, o‘z vatandoshlarini qadr 
qimmatini bilishlari va shu yo‘lda mehnatlarini ayamay Vatan taraqqiyoti uchun 
faollik ko‘rsatishlarida ko‘rish mumkin. 
O‘z Vatani, o‘z xalqi tarixidan, madaniy merosi, milliy urfodatlari, 
an’analari, 
udumlaridan 
haqli 
ravishda 
faxrlanish 
har 
bir 
millatga 
xos 
xislatdir. 
Millatning, 
xalqning 
kuch-qudrati 
uning 
soni 
bilan o‘lchanmaydi, balki siyosiy etukligi, milliy ongining o‘sganligi, 
o‘z-o‘zini 
anglab 
etganligi, 
milliy 
uyushganligi 
bilan 
belgilandi. 
Milliy g‘ururi, e’tiqodi kuchli bo‘lgan millat vakili o‘zining ma’naviy 
qiyofasi bilangina emas, balki, madaniy ehtiyoji nuqtai nazaridan boshqa 
millat vakillaridan ajralib turadi
28

Bugungi kunda demokratik mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 
yoshlari jahon maydonlarida javlon urib, nufuzli anjuman va chempionatlarda, 
keskin kurashlarda tengsiz, g‘alabaga erishib, ulug‘ ajdodlarimizga munosib 
vorislar 
ekanini 
qayta-qayta 
namoyon 
etmoqdalar. 
Azamat 
barkamol 
avlodimizning niyatlari pok, maqsadlari ulug‘ va olijanob. Ular o‘z iqtidorlari bilan 
ona yurtimizning ulug‘lashga, Vatanimizning qudratini, shon- shavkatini yuksak 
28
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi”, 2009. –B.106. 


cho‘qqilarga ko‘tarishga harakat qilmoqdalar. Zero, hamisha yaxshilikdan 
yaxshilik, buyuklikdan buyuklik tug‘ilib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. 
SHunday 
bo‘lsa 
ham, 
farzandlarimiz, 
kelajagimiz 
poydevorlarining, 
qolaversa, yoshlari bir joyga borgan, sochlariga oq oralagan insonlarning 
ham vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun har kim, har qachon harakat 
qilishini unutmasligimiz lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda 
ta’kidlaganlaridek: “Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar 
samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz 
taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar 
safini kengaytirishga bevosita bog‘liq”
29


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin