O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Yuqoridagilardan kelib chiqib bular quyidagilardan iborat



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Obrazes-kurs ishi

Yuqoridagilardan kelib chiqib bular quyidagilardan iborat: 
1. Oiladagi tarbiya. Oila ham bir kichik mamlakat hisoblanadi. 
Mamlakatni ravnaq topishi uning boshchisi va xalqiga bog‘liq bo‘lgandek, 
oilada ham shu talab saqlanib qolgan. Xalqda bir naql bor, agar farzand 
yaxshi bir ish qilsa, unga ota-onangga rahmat, deb rag‘batlantiriladi. 
Demak, shu farzand tarbiya topgan oiladagi muhit talabga javob beradi
ota-ona farzandlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olgan. Agar, har bir ota-ona har 
kuni farzandlarini yig‘ib, o‘n-o‘n besh daqiqa Vatanni sevish, Vatanga 
sidqidildan 
xizmat 
qilish, 
bobolarimizning 
shonli 
ishlarini 
davom 
ettirishga 
da’vat qila olsa, ushbu oilada o‘sgan farzandlar haqiqiy 
vatanparvar bo‘lib o‘sadi. Farzand o‘qishda, ko‘chada va qolaversa do‘stlari 
orasida iqtisodiy rivojlanish yo‘lidagi ba’zi kamchiliklarimizni eshitib, tushunib 
qolsa, ota-ona o‘sha vaqtda, unga bu holatlar vaqtinchalik ekanligini, tez kunlarda 
bu illatlar batamom yo‘q bo‘lishini to‘g‘ri tushuntira olsa, bu oilani, qolaversa 
farzandlarining kelajakdagi yutug‘i hisoblanadi. 
29
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. //Xalq so’zi, 7 dekabr. 
2017 yil.


2. Mahalladagi tarbiya. «Bir farzandga etti qo‘shni ota-ona» degan 
naql faqat o‘zbek millatiga mansubdir. Misol uchun, ilgari, mahalladagi 
bir bolaning sigareta chekayotgani ko‘rib qolinsa, uni bu yo‘ldan, kim 
bo‘lishiga qaramasdan qaytarilar edi. Bolaning ota-onasi buni eshitsa, 
o‘sha odamdan minnatdor bo‘lardi. O‘sha bola qo‘rqqanidanmi yoki hurmat 
qilganidanmi, bu ishini qayta takrorlamas edi. Bugun esa bu hol bir oz 
kamayganga 
o‘xshaydi, ushbu urf-odatimizni yanada rivojlantirishimiz 
oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. CHunki, ba’zi 
ota-onalar bunga loqayd bo‘lmoqdalar, kezi kelganda o‘sha ota-onalarning 
farzandlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlayotgan, qilayotgan ishlarining noto‘g‘ri 
ekanligini 
tushuntirayotgan 
insonlar 
bilan 
dahanaki 
urushlargacha 
borishmoqda
30

Yurtimizdagi ko‘p mahallalar yanada ko‘rkamlashib o‘ziga chiroy qo‘shib 
bormoqda. U erlarda bo‘layotgan obodonchiliklar na faqat yurtdoshlarimizning
balki chet ellardan kelayotgan mehmonlar va sayyohlarni ham lol qoldirmoqda. 
O‘zbek xalqida bir yaxshi udum mavjud bo‘lib, buni nomi umumxalq 
hashari deb nomlanadi. Hasharda birdamlik bor, bir maqsad bor, bu ham 
bo‘lsa kimgadir yordam berish uning ko‘nglini ko‘tarishdir. Bu barchani 
Vatanparvarlik 
ruhida 
tarbiyalashning 
asosi 
emasmi? 
Albatta, 
ha. 
YUqoridagilar nima uchun aytilmoqda, chunki mahallada, shu mahallada 
yashovchi barcha oilalarni yashash jarayoni bir boshqaruv va nazorat 
ostida bo‘lishi kerak. Bu narsa umum olganda, biz aytayotgan, insonlarni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning omillaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin