film hanuzgacha ishlanmagan. Xitoy kinochilari tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘p
serialli «CHingizxon» filmini menimcha hamma ko‘rgan.
Men birinchi marotaba
ko‘rganimda o‘sha filmda bir epizodi meni lol qoldirgan. Xitoy millatiga mansub
kino rejissyor Jaloliddin Manguberdi kim bo‘lganini, qayerda tug‘ilib, nima ishlar
qilganini bilmay, ul zot to‘g‘risida tarixda qoluvchi lavhani butun dunyoga
tarqatdi. Nima bizning o‘zbek kinochilarimiz bunday kinolarni olishga noloyiqmi
yoki ssenariy yozuvchilarimizning salohiyatlari etishmaydimi, sabab nimada, yoki
shunday
kinolarni
olishga
mablag‘
etmaydimi?
«Sevdim,
o‘ldim,
so‘ldim» lavhali kinolarni o‘ntasiga ketgan mablag‘ni
bitta tarixiy
film olishga sarf qilinsa, o‘sha foydali bo‘lar edi.
Hozirgi kunda yoshlardan Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risida fikr so‘rasangiz,
javoblar o‘ta sayozligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, o‘sha urushda bizning
vatandoshlarimiz ham minglab qahramonlik ko‘rsatganlar. Rossiya telekanallarida
o‘sha
davr
voqealari
to‘g‘risidagi
namoyish
qilinayotgan
filmlarni ko‘rib qolsangiz, urushda faqat rus, ukrain, belorus, gruzin
yoki arman xalqiga mansub insonlar qatnashganligini ko‘rasiz.
Bu Rossiya
telekanallari tomonidan namoyish qilayotgan maxsus o‘ylangan mafkura
emasmi.
Masalan,
Aleksandr
Matrosov
qahramonligi
(ko‘ksi
bilan
dushman DOTini berkitgan) to‘g‘risida yoshi kattalar eslashadi, lekin bu
qahramonlikni ilk bor o‘zbek yigiti Sirojiddin Nuraliev Matrosovdan
bir hafta oldin boshqa frontda qayd qilganini hech kim eslamaydi. Rus
yigiti qahramon bo‘lgan, o‘zbek yigitining nomi esa faqat arxiv hujjatlarda qolgan
xolos.
Muxtasar
qilib
aytganda,
vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalashda
kino
yo‘nalishini ham o‘ziga yarasha ustunliklari bor.
SHuning uchun, bu yo‘nalishda ham qilinadigan
talaygina ishlar mavjud
deb hisoblash mumkin. YUqoridagilarni hisobga olgan holda, nima deyish
mumkin? Unutilib borilayotgan ajdodlarimizdan qolgan o‘zbek millatiga
va
xalqiga
mansub
urf-odatlarimiz,
qadriyatlarimiz
va
tariximizni
unutmagan holda, balki ularni rivojlantirish bilan, zamon talablaridan kelib chiqib,
nafaqat yoshlar o‘rtasida, balki yurtdoshlarimizning barcha tabaqalari darajasida
vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishimiz kerak deb o‘ylayman.
Dostları ilə paylaş: